Sahifa yuklanmoqda . . .


Ey orazi shams-u qamarim...

Ey orazi shams-u qamarim, netti, ne bo‘ldi?

Vey, tishlari durri guharim, netti, ne bo‘ldi?

 

Ko'nglum kuyarindin sanga men pand berurmen,

Ey marhami jon-u jigarim netti, ne bo‘ldi?

 

Sen bor ekan o'zga kishiga nazar etsam,

Chiqsun bu mening diydalarim, netti, ne bo‘ldi?

 

Gah javr ila o'tur meni, gah noz ila, sendin

Haqqoki mening yo'q guzarim, netti, ne bo‘ldi?

 

Ey lu'bati Shirin, seni Farhod mengizlik,

Olamg'a yoyildi sevarim, netti, ne bo‘ldi?

 

Umrumni sening qullug'ungga sarf qilibmen,

Ey o'z qulidin bexabarim, netti, ne bo‘ldi?

 

Bir zarra chuchuk so'zni Atoyidin ayarsen,

Ey lablari shahd-u shakarim, netti, ne bo‘ldi?


Ushbu yakpora g'azalni nechta yulduzcha bilan baholaysiz?


Ma'lumot
2017, 02-Yanvarda yuklangan

830 marta ko'rildi

3 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
oraz shams qamar tish dur guhar ko'ngul pand marham jon jigar nazar diyda javr noz guzar lu'bat shirin farhod olam umr qul sarf zarra so'z lab shahd shakar
Muallif
Atoyi

Atoyi

O’n beshinchi asrning mashhur shoirlaridan, Alisher Navoiygacha bo’lgan o’zbek adabiyotining iste’dodli vakillaridan biri Atoyidir. Uning she’rlari o’z davrida Movarounnahr hamda Xurosonda shuhrat topganligi ma’lum. Buyuk Navoiy «Majolis un-nafois» («Nafis majlislar») kitobida uning she’rlariga yuqori baho bergan. Atoyi o’z she’rlarida nozik xayol, sinchkov nigoh, baland did egasi ekanligini namoyish etadi. Go’zal, esda qoladigan o’xshatishlar, kutilmagan mubolag’ali tasvirlar yaratadi.

Batafsil


Yangi Yakpora g'azallar Atoyi Yakpora g'azallari Atoyi asarlari