Sahifa yuklanmoqda . . .


Ey begim, ushbu yuz, degul...

Ey begim, ushbu yuz, degul, shams bila qamarmudur?

Ey begim,  ushbu so'z degul, shahd bila shakarmudur.

 

Ko'z uchidan qiyo-qiyo sheva bila boqishlaring,

Jon tamurin qiyor uchun tig'mu yo nazarmudur?

 

Bodi saboki, kelturur jong'a soching nasimini,

Shahri Saboning elchisi hudhudi xushxabarmudur?

 

Zulfi muanbaringkim, ul ko'zdin uchar uzun kecha,

Sarvi sahining ustida zog'u abiri tarmudur?

 

Zori-yu nola kam qilay, rost ayt, ey posbon,

Itlaringa bu noladin har kecha dardisarmudur?

 

La'li labing xayolidin bir guzar aylayin dedim,

Joni azizdin, vale odamig'a guzarmudur?

 

So'rsang Atoyi holidin netti, ey podshohi husn,

Lutf-u karam gadoyig'a tengri uchun, zararmudur?


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2017, 02-Yanvarda yuklangan

247 marta ko'rildi

4 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
begim yuz shams qamar so'z shahd shakar ko'z sheva jon nazar tig' tamur bod sabo soch nasim elchi hudhud xushxabar zor nola posbon it kecha la'l lab xayol guzar hol podshoh husn lutf karam gado tengri
Muallif
Atoyi

Atoyi

O’n beshinchi asrning mashhur shoirlaridan, Alisher Navoiygacha bo’lgan o’zbek adabiyotining iste’dodli vakillaridan biri Atoyidir. Uning she’rlari o’z davrida Movarounnahr hamda Xurosonda shuhrat topganligi ma’lum. Buyuk Navoiy «Majolis un-nafois» («Nafis majlislar») kitobida uning she’rlariga yuqori baho bergan. Atoyi o’z she’rlarida nozik xayol, sinchkov nigoh, baland did egasi ekanligini namoyish etadi. Go’zal, esda qoladigan o’xshatishlar, kutilmagan mubolag’ali tasvirlar yaratadi.

Batafsil


Yangi Yakpora g'azallar Atoyi Yakpora g'azallari Atoyi asarlari