Sahifa yuklanmoqda . . .


"Ehtiyoj" radifli g'azal

Qilmag‘il zinhor izhor ehtiyoj, -

Kim aziz elni qilur xor ehtiyoj.

 

Hech kim olamda forig‘bol emas,

Har kim o‘z miqdoricha bor ehtiyoj.

 

Ganji husningni(ng) zakotin ber menga,

Sen g‘aniysan, menda bisyor ehtiyoj.

 

Ko‘zlarim aylar yuzingni orzu, -

Kim erur ko‘zguya diydor ehtiyoj.

 

Mustamand etti meni muhtojlik,

Qildi hojatmanding, ey yor, ehtiyoj.

 

Qil ravo, albatta, oshiq hojatin,

Boqmag‘il, arz etsa ag‘yor ehtiyoj.

 

Bir tarahhum zohir etsang, netgusi,

Qildi husningga meni zor ehtiyoj.

 

Yor vaslini tilarman, Nodira,

Ayladi ko‘nglimni afgor ehtiyoj.

 

Gar tilarsen obro‘ ahbob aro,

Aylama zinhor izhor ehtiyoj.


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2017, 08-Yanvarda yuklangan

414 marta ko'rildi

4 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
ehtiyoj izhor el xor olam miqdor ganj zakot g'aniy ko'z yuz orzu ko'zgu diydor muhtojlik hojat yor ravo oshiq arz ag'yor tarahhum husn vasl tilak ko'ngul afgor obro' ahbob
Muallif
Nodirabegim

Nodirabegim

(1792-1842) O‘zbek mumtoz adabiyotining yorqin yulduzlaridan biri Nodira XVIII asrning oxirgi choragida Andijon hokimi Rahmonqulibiy oilasida dunyoga kelgan. Asl ismi Mohlaroyimdir. Nodira, Maknuna va Komila taxalluslari bilan ijod qilgan. Nodira she’riyati qizg’in va hayajonli, boy va mazmundor, ayni paytda fojialar bilan to’la hayotining o’ziga xos sharhlaridan iborat. Bu she’riyatning bosh mavzusi ishqdir. Uning har bir satridan ishq hidi anqiydi.

Batafsil


Yangi Yakpora g'azallar Nodirabegim Yakpora g'azallari Nodirabegim asarlari