Sahifa yuklanmoqda . . .


Dialektika

Sen bor, men bor, demak, dunyo bor,
Yerning ikki qutubi kabi.
Demak, shunday taqdiri azal,
Demak, shunday umr daftari.

Qayda bo‘lsang, men qarshingdaman,
Qayda bo‘lsam, sen qarshi tomon.
Demak, shunday sevasan, erkam, 
Demak, shunday, sevaman, ishon!

Yomg‘ir bo‘lding, to‘kilding, toshding,
Olovlarga aylanib yondim.
To‘zonlarni uchirib shoshding,
Qoyalarga mengzalib toldim.

Chaqmoq kabi qarsilladi goh
Biz to‘qnashgan yo‘llar sarhadi.
Demak, shudir muhabbat asli,
Demak, shudir hayot matlabi.


Ushbu she'rni nechta yulduzcha bilan baholaysiz?


Ma'lumot
2017, 18-Aprelda yuklangan

161 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
dialektika dunyo yer qutub taqdir azal umr daftar tomon sevgi erka ishonch yomg'ir olov to'zon qoya chaqmoq yo'l sarhad muhabbat hayot matlab
Muallif
Oygul Asilbek qizi

Oygul Asilbek qizi

O’zbekiston Milliy universiteti falsafa fakulteti bakalavr va magistratura bosqichlarida tahsil olgan. “Ostona” va “Shoir xayollari” she’riy to’plamlari muallifi. Somerset Moem, S.A.Tolstaya, O.Genri, R.Agutagava ijodidan qilgan tarjimalari e’lon qilingan.

Batafsil


Yangi She'rlar Oygul Asilbek qizi She'rlari Oygul Asilbek qizi asarlari