Sahifa yuklanmoqda . . .


Dardi dilim ango dedim...

Dardi dilim ango dedim, dema oni mango, dedi,

Kim manga oshiq o‘lsa ul lozim erur ango, dedi.

 

Yuz uza ikki nargising, vah, ne balo qaro, dedim,

Ko‘nglung-u joning olg’uchi ikki qaro balo, dedi.

 

Lablaring og‘zima yetur jon topoyin ango, dedim,

La’li tabassum aylabon yo‘qmu o‘lum sango, dedi.

 

Quchmoq erur beling hazin ko‘ngluma muddao, dedim,

Yo‘qmu uyoting ushbu so‘z degali, beibo, dedi.

 

Husnungga aylayin nazar man sori bir qara, dedim,

Yoshurubon yuzin, ket, ey masxara, behayo, dedi.

 

Bo’sayi lab savob uchun ayla mango ato, dedim,

Qosh-u qapog’ini chetib, qo‘y, bu so‘zing xato, dedi.

 

Vah, erkan etmagung hech vafo mango, dedim,

Zohir o‘lubdurur qachon husn elidin vafo, dedi.

 

Xasta ko‘ngulga qilg‘asan muncha nedin jafo, dedim,

Dema jafo oni saning dardingadur davo, dedi.

 

Ogahiy komini nedin aylamagung ravo, dedim,

Kom topormu jonin ul qilmog’ ucha fido, dedi.


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2017, 10-Yanvarda yuklangan

937 marta ko'rildi

4 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
dard dil oshiq nargis balo qaro ko'ngul jon lab og'iz tabassum la'li o'lum bel uyot so'z ibo husn nazar yuz hayo savob qosh xato vafo zohir el xasta jafo davo ogahiy kom ravo fido bo'sa
Muallif
Muhammad Rizo Ogahiy

Muhammad Rizo Ogahiy

(1809-1874) Alisher Navoiydan keyin o’zbek adabiyoti tarixida ijodining ko’lamdorligi jihatidan birorta adib Ogahiy bilan bellasholmaydi. U yigirma ming misradan ortiqroq she’rlar, olti tarixiy asar, o’n to’qqiz tarjima asari qoldirgan. Uning «Ta’viz ul-oshiqin» («Oshiqlar tumori») devoni mashhurdir. Devonga o‘zbekcha she’rlar bilan birga fors-tojik tilida yaratilgan asarlari ham kiritilgan.

Batafsil


Yangi Voqeaband g'azallar Muhammad Rizo Ogahiy Voqeaband g'azallari Muhammad Rizo Ogahiy asarlari