Sahifa yuklanmoqda . . .


Bor bisotim oldi yoshligim...

Audio bu yerda yuklanmadi, iltimos ushbu aloqani bosing

Bor bisotim oldi yoshligim, 

Yurak shunga ko'ndi-yu ketdi.

Yodda shunday qoldi yoshligim: 

Qush daraxtga qo'ndi-yu ketdi.

Demak, dunyo shunday tor ekan,

Demak, vido kuni bor ekan, 

Tushib kelding oyning oldidan,

O't bilganim tindi-yu ketdi.

Dunyoda eng katta boy edim,

Gijinglagan yakka toy edim, 

Sharqiragan toshqin soy edim,

Suvi qurib tindi-yu ketdi.

Yetishmaydi menga ne jihat? 

Allaqayerlarimdur diqqat.

O'sha qomat, o'sha bo'y, faqat 

Yurak chil-chil sindi-yu ketdi.

Do'stlarim ko'p edi, do'slarim.

Keskir-keskir edi so'zlarim, 

Xira tortib qoldi ko'zlarim, 

Sochga qirov indi-yu ketdi.

Daraxtga qush qo'ndi-yu ketdi...


Ushbu she'rni nechta yulduzcha bilan baholaysiz?


Ma'lumot
2017, 22-Aprelda yuklangan

173 marta ko'rildi

1 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
bisot yoshlik yurak yod qush daraxt dunyo vido kun o't boy toy soy suv jihat qomat bo'y do'st so'z ko'z soch qirov
Muallif
Muhammad Yusuf

Muhammad Yusuf

Sodda va xalqona tilda bitilgan samimiy she'rlari bilan millionlab muxlislar qalbini zabt etgan shoir. Uning millat va yurt istiqloli sharafiga bitgan go‘zal she’rlari o‘ziga xosligi bilano'quvchilar qalbida aks sado berdi. Muhammad Yusuf ijodi keyingi davr o‘zbek qo‘shiqchiligi rivojida muhim o‘rin tutadi. Milliy san’atimizning eng yirik va iste’dodli vakillaridan tortib, havaskor qo‘shiqchilargacha shoir she’rlarini kuyga soladilar.

Batafsil


Yangi She'rlar Muhammad Yusuf She'rlari Muhammad Yusuf asarlari