Sahifa yuklanmoqda . . .


"Bo'lmasa bo'lmasun, netay" radifli g'azal

Ashkima gar kanora yo'q, bo'lmasa bo'lmasun, netay,
Ohima hech shumora yo'q, bo'lmasa bo'lmasun, netay.

Hardam ulusg'a lutf ila boqg'usi qahr ila, vale
Man sori bir nazora yo'q, bo'lmasa bo'lmasun, netay.

Ishq eli ko'ngli dardig'a chora qilur,vale mening
Dardi dilimga chora yo'q, bo'lmasa bo'lmasun, netay.

Hajrida za'fim o'ylakim, ohi hazinim o'tig'a,
Shu'la bila sharora yo'q, bo'lmasa bo'lmasun, netay.

Jon labidin chu bermadi jismima,vahki qoshidin
Qatlima bir ishora yo'q, bo'lmasa bo'lmasun, netay.

Ko'yiga borsam etgusi vaslig'a va'da, ul dog'i
Bo'lg'usi bora-bora yo'q, bo'lmasa bo'lmasun, netay.

Toleyi ravshan o'zganing lutfi quyoshi nuridin,
Men kibi baxti qora yo'q, bo'lmasa bo'lmasun,netay.

Bo'ldi sitorasi isiq' xulqg'a mehr yor karam,
Manda isig' sitora yo'q, bo'lmasa bo'lmasun, netay.

Dedim o'lubtur Ogahiy ashki kanorasiz, dedi:
Ashkima gar kanora yo'q, bo'lmasa bo'lmasun,netay.


Ushbu voqeaband g'azalni nechta yulduzcha bilan baholaysiz?


Ma'lumot
09-Yanvarda yuklangan

113 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
ashk kanora oh shumora ulus lutf qahr ishq el ko'ngul dard chora dil hajr o'y o't shu'la jon lab jism qosh qatl ishora ko'y vasl va'da tole quyosh nur baxt qora sitora mehr yor karam ogahiy
Muallif
Muhammad Rizo Ogahiy

Muhammad Rizo Ogahiy

(1809-1874) Alisher Navoiydan keyin o’zbek adabiyoti tarixida ijodining ko’lamdorligi jihatidan birorta adib Ogahiy bilan bellasholmaydi. U yigirma ming misradan ortiqroq she’rlar, olti tarixiy asar, o’n to’qqiz tarjima asari qoldirgan. Uning «Ta’viz ul-oshiqin» («Oshiqlar tumori») devoni mashhurdir. Devonga o‘zbekcha she’rlar bilan birga fors-tojik tilida yaratilgan asarlari ham kiritilgan.

Batafsil


Yangi Voqeaband g'azallar Muhammad Rizo Ogahiy Voqeaband g'azallari Muhammad Rizo Ogahiy asarlari