Sahifa yuklanmoqda . . .


Bir cholni uchratdim

Audio bu yerda yuklanmadi, iltimos ushbu aloqani bosing

Bir cholni uchratdim,
Qo’li qon edi,
«Nima bo’ldi?» — deya so’radim hayron.
«Do’stimni dushmanga sotgandim…- dedi, —
Ikki qo’lim qondir o’shandan buyon».

Bir cholni uchratdim,
Tili yo’q edi,
«Nima bo’ldi?» — dedim yoniga kelib.
G’o’ldirab nimadir dedi,xo’rlangan
Bobolar qabriga ishora qilib.

Bir cholni uchratdim,
Ko’zi ko’r edi,
«Nima bo’ldi?» — deya so’radim hayron.
«Xiyonat qilgandim imonga… — dedi, —
O’zimni izlayman o’shandan buyon».

1982


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2017, 25-Noyabrda yuklangan

54 marta ko'rildi

5 kishi kutubxonasiga qo'shdi

Bahodir Mamajonov kuyladi


Tayanch tushunchalar:
chol ko'r qo'l qon xiyonat bob qabr
Muallif
Xurshid Davron

Xurshid Davron

O‘zbekiston xalq shoiri, iste’dodli shoir va publitsist Xurshid Davronning katta adabiyotga kirib kelishi 1976-yilda ustoz shoir Erkin Vohidovning «oq yo‘l»i bilan boshlangan. Xurshid Davron she’riy tarjima bilan shug‘ullanadi, tarixiy hikoya va qissalar yozish bilan band. Xurshid xoh she’riyatda, xoh nasrda qalam tebratmasin, undagi tarixni chuqur bilish qobiliyati, keng ilmiy tafakkur saxiy nurlarini sochib turadi.

Batafsil


Yangi She'rlar Xurshid Davron She'rlari Xurshid Davron asarlari