Sahifa yuklanmoqda . . .


Bahor ayyomidur...

Bahor ayyomidur dog'i yigitlikning avonidur,

Ketur soqiy, sharobi nobkim - ishrat zamonidur.

 

Gahi sahro uzori lola shaklidin erur gulgun,

Gahi sahni chaman gul chehrasidin arg'uvonidur.

 

Yana sahni chaman bo‘ldi munaqqash rangi gullardin,

Magarkim sunning naqqoshig'a rang imtihonidur.

 

Yuzung, ey sarv, jonim gulshanining toza gulzori,

Qading, ey gul, hayotim bog'ining sarvi ravonidur.

 

Ne yerda bo‘lsang, ey gul, andadur chun joni Boburning,

G'aribingg'a tarahhum aylagilkim, andi jonidur.


Ushbu ni nechta yulduzcha bilan baholaysiz?


Ma'lumot
12-Sentabrda yuklangan

9 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
bahor ayyom yigitlik soqiy sharob ishrat zamon sahro uzor lola shakl gul chaman chehra rang imtihon sarv jon
Muallif
Zahiriddin Muhammad Bobur

Zahiriddin Muhammad Bobur

(1483-1530) Zahiriddin Muhammad Bobur adabiyotimiz tarixidagi takrorlanmas siymolardan biridir. U faqat yirik adib, buyuk tarixchi, ulkan olimgina emas. balki mohir sarkarda va buyuk davlat arbobi ham edi. Uning ijodi mana shu sohalarning barchasi bilan chambarchas bog'liq holda yuzaga keldi.

Batafsil


Yangi Zahiriddin Muhammad Bobur i Zahiriddin Muhammad Bobur asarlari