Sahifa yuklanmoqda . . .


BADOYI UL-BIDOYA (1-tom)

“Mukammal asarlar to‘plami”ning mundarijasi quyidagicha: I tom. «Badoyi’ ul-bidoya», devon. II tom. «Navodir un-nihoya», devon. Birinchi devon tarkibiga barcha lirik janrlardagi asarlar kiritilgan; ammo asosiy qismi g‘azallardir. Ikkinchi devon faqat g‘azallardan tuzilgan. Bu devonlar birinchi marta nashr qilinmoqda. Alisher Navoiy hayotining oxirgi yillarida umr bo‘yi yaratgan g‘azal, muxammas, musaddas, ruboiy va boshqa lirik janrlardagi asarlarini, shu jumladan, oldingi yillardagi devonlari — «Badoyi’ ul-bidoya» va «Navodir un-nihoya»ga kiritgan she’rlarini yig‘ib «Xazoyin ul-maoniy» she’rlar to‘plamini tuzdi. «Xazoyin ul-maoniy»ni tashkil etgan to‘rt devon inson hayotining to‘rt bosqichini bildiruvchi nomlar bilan atalgan bo‘lsada, ularda xronologik tartib izchil saqlangan emas. Buni I va II tomga kirgan ikki devon tarkibidagi she’rlarning to‘rt devonning har biriga bo‘lib yuborilganligi ham tasdiqlaydi. Mazkur nashrda bu devonlar Navoiy tuzgan tartib va hajmda berilgan bo‘lib, ular quyidagi tomlarni tashkil etadi. Sh tom. «G‘aroyib us-sig‘ar», devon. IV tom. «Navodir ush-shabob», devon. V tom. «Badoyi’ ul-vasat», devon. VI tom. «Favoyid ul-kibar», devon. VII tom. Alisher Navoiy zullisonayn shoir bo‘lib, fors tilida ham ijod etgan. To‘plamning bu tomida shoirning shu tildagi lirik merosi amlangan, VIII tom. Bu tom Alisher Navoiyning axloqiy-ta’limiy mazmundagi to‘rtliklaridan iborat. Shu tomga Navoiyning qasidalari ham kiritiladi. Qasidalar asl fors tilida berilib, ularning hozirgi zamon o‘zbek tiliga tarjimasi ham keltiriladi. IX tom. «Xamsa»ning birinchi kitobi «Hayrat ul-abror». X tom. «Xamsa» kitoblarining ikkinchisi «Farhod va Shirin». XI tom. «Xamsa»ning uchinchi kitobi «Layli va Majnun». XII tom. «Xamsa»ning to‘rtinchi kitobi «Sab’ai sayyor». XIII tom. «Xamsa»ning so‘nggi kitobi «Saddi Iskandariy». XIV tom. «Lison un-tayr» dostoni. XV tom. Navoiyning adabiyotshunoslikka oid asari «Majolis un-nafois». XVI tom. Bu tomdan Navoiyning «Xamsat ul-mutaxayyirin», «Holoti Sayyid Hasan Ardasher» va «Holoti Pahlavon Muhammad» nomli biografik risolalari o‘rin olgan. XVII tomga «Vaqfiya», «Munshaot» asarlari jalb etilgan. Shu tomga yana Navoiyning birinchi kulliyotiga ilova qilingan muqaddima — murojaati — «Debocha» kiritiladi. XVIII tom. «Nasoim ul-muhabbat» asari. XIX tom. Navoiyning umumiy tarixga oid asari. XX tom. «Mezon ul-avzon», «Mufradot», «Muhokamat ul-lug‘atayn», «Mahbub ul-qulub» asarlari.
 

O'qishni boshlash


Ushbu devonni nechta yulduzcha bilan baholaysiz?


Ma'lumot
31-Yanvarda yuklangan

953 marta ko'rildi

2 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
asar devon navoiy alisher badoyi ul-bidoya g'azal hayot she'r inson musaddas muxammas ruboiy lirik janr
Muallif
Alisher Navoiy

Alisher Navoiy

(1441-1501) Hazrati Alisher Navoiy ijodi turkiy adabiyotning eng yuksak cho’qqisidir. Chunki hech kim unga qadar bu tilda bunchalik «ko’p va xo’b» (Bobur) yozmagan edi. Aytish mumkinki, undan keyingi salkam olti yuz yil ichida ham hech kim u kabi ko’p va yaxshi yozolgani yo’q. Navoiy barcha turkiy xalqlarning eng buyuk shoiridir. U o’zini «Xitodin to Xuroson»gacha yoyilgan turkiy «qavm»larning shoiri, deb bildi. Ularni bir adabiy til bayrog’i ostida birlashtirdi -«yakqalam» qildi. Buyuk shoir Xurosonda, uning poytaxti Hirotda yashab ijod etdi.

Batafsil


Yangi Devonlar Alisher Navoiy Devonlari Alisher Navoiy asarlari