Sahifa yuklanmoqda . . .


Aytinglar

G'irot mingan Go'rog'li
Bobom qani, aytinglar, 
Qo'ng'irotlik Alpomish
Og'am qani, aytinglar...

Tustovuqday tovlangan
Olam qani, aytinglar. 
Ko'lda kiyik ovlangan
Dalam qani, aytinglar.

Kokillari yer o'pgan
Sanam qani, aytinglar. 
Kuyib ketgan jonimga, 
Malham qani, aytinglar

Dardim aytsam tushungan
Odam qani, aytinglar?..

Ko'nglim gulday ezilib, 
Ko'zimga yosh to'lyapti
Eh, quyoshga osilib, 
Botib ketgim kelyapti!


Ushbu she'rni nechta yulduzcha bilan baholaysiz?


Ma'lumot
2017, 24-Aprelda yuklangan

67 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
g'irot go'ro'g'li bobo qo'ng'irot alpomish og'a tustovuq olam ko'l kiyik dala ov kokil sanam jon malham dard odam ko'ngil gul ko'z quyosh
Muallif
Muhammad Yusuf

Muhammad Yusuf

Sodda va xalqona tilda bitilgan samimiy she'rlari bilan millionlab muxlislar qalbini zabt etgan shoir. Uning millat va yurt istiqloli sharafiga bitgan go‘zal she’rlari o‘ziga xosligi bilano'quvchilar qalbida aks sado berdi. Muhammad Yusuf ijodi keyingi davr o‘zbek qo‘shiqchiligi rivojida muhim o‘rin tutadi. Milliy san’atimizning eng yirik va iste’dodli vakillaridan tortib, havaskor qo‘shiqchilargacha shoir she’rlarini kuyga soladilar.

Batafsil


Yangi She'rlar Muhammad Yusuf She'rlari Muhammad Yusuf asarlari