Sahifa yuklanmoqda . . .
Zanjirlarni uzdim, G‘ullarni buzdim. Oxir zindonni ham ayladim vayron. Erkin havo bilan hur bazm tuzdim — O‘ynadim bearmon, Kuldim bearmon. Mendan kulma, bola! Hey, mendan kulma... Sezyapman, kurashli taqdirlaringni. Buzmoq — endi sendan, Uzmoq — endi sendan — Mening men ko‘rmagan zanjirlarimni.
O’zbekiston xalq shoiri (2000). ToshDUning jurnalistika fakultetini tugatgan (1972). Ilk kitobi — «Insonni tushunish» (1979). «Holat» (1979), «Oqibat» (1980), «Ko‘zgu» (1983), «Surat parchalari» (1985), «Dars» (1985), «Ikkinchi aprel» (1987), «Baxshiyona» (1989), «G’aroyib ajdarho» (1990), «Uyg‘onish azobi» (1991), «G’ussa» (1994), «Uzun tun» (1994), «Saylanma» (1995), «Kuz» (2001) kabi she’riy va «Jodu» (2003) nasriy to‘plamlari nashr etilgan. Dramalar ham yozgan («Bir qadam yo‘l». 1997; «Alpomishning kaytishi», 1998 va boshqa).