Sahifa yuklanmoqda . . .


Yondimu va lekin hijron tunida...

Yondimu va lekin hijron tunida 
Senga ahvolimni etmadim bayon. 
Sokin kechalarim ko‘zim o‘ngida 
Munis qarashlaring bo‘ldi namoyon.

Na sen nazar qilding holimga bir bor, 
Na men ayta bildim senga biror so‘z. 
Shunday o‘tib borar umrimiz bekor... 
Oramizda sarson bir juft qora ko‘z.


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2016, 24-Dekabrda yuklangan

495 marta ko'rildi

2 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
yonmoq nazar tun ahvol hijron bayon kecha ko'z munis hol umr sarson so'z
Muallif
Abdulla Oripov

Abdulla Oripov

O’zbek she’riyatining yorqin, betakror siymosi. O’ziga xos uslub, she’riy ovoz sohibi. Lirik qahramoni dunyoning sir-sinoatiga oshufta va undan hikmat izlovchi, komillik va ezgulik tantanasiga jo’shqin qalb shijoati bilan intiluvchi serfazilat inson. Dramatik dostonlari, jahon adabiyoti durdonalaridan qilgan tarjimalari ham mashhur.

Batafsil


Yangi She'rlar Abdulla Oripov She'rlari Abdulla Oripov asarlari