Sahifa yuklanmoqda . . .
Xayr...
Yig‘lamang...
Agar qaytsangiz,
Kalit o‘sha joyda bo‘ladi.
Uyni ochsangiz,
Suratingiz turadi stolim ustida.
Qog‘ozlarni titsangiz —
Sizga bag‘ishlangan she’rlar...
Men ishdan horib qaytaman.
"Yaxshimisiz?"— deyman
Qovog‘imni uyib.
Siz oshxonaga chiqib yig‘laysiz:
O‘shanda
Ko‘ksimni ochsangiz,
O‘zingizni topasiz...
Agar qaytsangiz...
Yig‘lamang...
O’zbekiston xalq shoiri (2000). ToshDUning jurnalistika fakultetini tugatgan (1972). Ilk kitobi — «Insonni tushunish» (1979). «Holat» (1979), «Oqibat» (1980), «Ko‘zgu» (1983), «Surat parchalari» (1985), «Dars» (1985), «Ikkinchi aprel» (1987), «Baxshiyona» (1989), «G’aroyib ajdarho» (1990), «Uyg‘onish azobi» (1991), «G’ussa» (1994), «Uzun tun» (1994), «Saylanma» (1995), «Kuz» (2001) kabi she’riy va «Jodu» (2003) nasriy to‘plamlari nashr etilgan. Dramalar ham yozgan («Bir qadam yo‘l». 1997; «Alpomishning kaytishi», 1998 va boshqa).