Sahifa yuklanmoqda . . .


To’nga sig’masmen...

To’nga sig’masmen farahdin gul kabi,

Kelsa ul sarvi ravon bir-bir mang’a.

Muncha yil ketgan bu baxt-u davlatim

Shukrlillahkim, kelur bir-bir mang’a.


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2017, 02-Yanvarda yuklangan

118 marta ko'rildi

1 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
to'n farah gul sarv ravon yil baxt davlat
Muallif
Lutfiy

Lutfiy

(1366-1465) XV asr ikkinchi yarmigacha bo‘lgan o‘zbek adabiyotining eng mashhur lirik shoiri. Shuning uchun ham zamonasining ahli adabi va ahli fuzalosi uni «malik ul-kalom», ya’ni «so‘z podshosi» deb e’zozlagan. Manbalarda taxallusi oldidan «ulug‘ ustod» ma’nosidagi «Mavlono» sifatining qo‘shib tilga olinishi ham shundan. Obro‘yi va shuhrati shu darajaga yetgan ediki, Alisher Navoiy uni o‘zining ustozlaridan biri deb biladi. Buni shoirlar haqidagi «Majolis un-nafois» tazkirasidagi shu ulug‘ shoir haqida aytilgan quyidagi iliq so‘zlar ham isbotlaydi: «Mavlono Lutfiy o‘z zamonasining malik ul-kalomi erdi, forsiy va turkiyda naziri yo‘q erdi va turkcha devoni mashhurdur».

Batafsil


Yangi Qit'alar Lutfiy Qit'alari Lutfiy asarlari