Sahifa yuklanmoqda . . .
Sohillarga quyosh va dengiz
Odamlarni tashladi sochib.
Qumda — erib — mudraydi bir qiz
Badanini osmonga ochib.
Qarashlardan nogoh sharm qochdi...
Tangrim, asra har xil nigohdan!
Qiz vujudin osmonga ochdi —
Osmon olsin uni nikohga.
O’zbekiston xalq shoiri (2000). ToshDUning jurnalistika fakultetini tugatgan (1972). Ilk kitobi — «Insonni tushunish» (1979). «Holat» (1979), «Oqibat» (1980), «Ko‘zgu» (1983), «Surat parchalari» (1985), «Dars» (1985), «Ikkinchi aprel» (1987), «Baxshiyona» (1989), «G’aroyib ajdarho» (1990), «Uyg‘onish azobi» (1991), «G’ussa» (1994), «Uzun tun» (1994), «Saylanma» (1995), «Kuz» (2001) kabi she’riy va «Jodu» (2003) nasriy to‘plamlari nashr etilgan. Dramalar ham yozgan («Bir qadam yo‘l». 1997; «Alpomishning kaytishi», 1998 va boshqa).