UNICEF O‘zbekistonda 1994 yildan buyon samarali faoliyat yuritib keladi. Bolalar huquqlarini himoya qilish, ularning asosiy hayotiy ehtiyojlarini qondirishga ko‘maklashish va salohiyatlarini har tomonlama rivojlantirish uchun imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan faoliyat yuritish maqsadida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh Assambleyasi UNICEFga tegishli mandat (vakolat) taqdim etgan.
Hamkorlik dasturini amalga oshirish orqali UNICEF bolalar va ularning oilalarining huquqlari va farovonligi bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarda O‘zbekiston hukumatiga respublika va mahalliy darajalarda yordam berib kelmoqda. Ushbu ezgu amaliyotlar jamoat tashkilotlari, parlament, jamiyat, yoshlar, ommaviy axborot vositalari hamda rivojlanish bo‘yicha ko‘p tomonlama va ikki tomonlama tashkilotlar bilan hamkorlikda olib boriladi.