Sahifa yuklanmoqda . . .


Qoshlaring xush lojuvard-u toq erur...

Qoshlaring xush lojuvard-u toq erur,

Xush ichinda benazir-u toq erur.

Torta olmasman firoqing, netayin,

Qilcha tanga bori ishqing toq erur.


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2017, 02-Yanvarda yuklangan

128 marta ko'rildi

5 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
qosh lojuvard toq xush benazir firoq qil tan ishq bor
Muallif
Lutfiy

Lutfiy

(1366-1465) XV asr ikkinchi yarmigacha bo‘lgan o‘zbek adabiyotining eng mashhur lirik shoiri. Shuning uchun ham zamonasining ahli adabi va ahli fuzalosi uni «malik ul-kalom», ya’ni «so‘z podshosi» deb e’zozlagan. Manbalarda taxallusi oldidan «ulug‘ ustod» ma’nosidagi «Mavlono» sifatining qo‘shib tilga olinishi ham shundan. Obro‘yi va shuhrati shu darajaga yetgan ediki, Alisher Navoiy uni o‘zining ustozlaridan biri deb biladi. Buni shoirlar haqidagi «Majolis un-nafois» tazkirasidagi shu ulug‘ shoir haqida aytilgan quyidagi iliq so‘zlar ham isbotlaydi: «Mavlono Lutfiy o‘z zamonasining malik ul-kalomi erdi, forsiy va turkiyda naziri yo‘q erdi va turkcha devoni mashhurdur».

Batafsil


Yangi Tuyuqlar Lutfiy Tuyuqlari Lutfiy asarlari