Sahifa yuklanmoqda . . .


“Qoldimu” radifli g’azal

Charxning men ko‘rmagan jabr-u jafosi qoldimu?!

Xasta ko‘nglum chekmagan dard-u balosi qoldimu?!

 

Meni xor etti-yu qildi muddaiyni parvarish,

Dahri dunparvarning o‘zga muddaosi qoldimu?!

 

Meni o‘lturdi jafo-yu javr birla ul quyosh,

Emdi turguzmak uchun mehr-u vafosi qoldimu?!

 

Oshiq o‘lg'och ko‘rdum o‘lumni o‘zumga, ey rafiq,

O‘zga ko‘nglumning bu olamda harosi qoldimu?!

 

Ey ko‘ngul, gar Bobur ul olamni istar, qilma ayb,

Tengri uchun de bu olamning safosi qoldimu?!


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2017, 12-Sentabrda yuklangan

6874 marta ko'rildi

11 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
charx jabr jafo ko’ngul dard balo dunyo quyosh mehr vafo oshiq o’lim rafiq olam ayb tangri safo
Muallif
Zahiriddin Muhammad Bobur

Zahiriddin Muhammad Bobur

(1483-1530) Zahiriddin Muhammad Bobur adabiyotimiz tarixidagi takrorlanmas siymolardan biridir. U faqat yirik adib, buyuk tarixchi, ulkan olimgina emas. balki mohir sarkarda va buyuk davlat arbobi ham edi. Uning ijodi mana shu sohalarning barchasi bilan chambarchas bog'liq holda yuzaga keldi.

Batafsil


Yangi Yakpora g'azallar Zahiriddin Muhammad Bobur Yakpora g'azallari Zahiriddin Muhammad Bobur asarlari