Sahifa yuklanmoqda . . .


O'zbek Navoiyni o'qimay qo'ysa...

O’zbek Navoiyni o'qimay qo’ysa,

Oltin boshning kalla bo’lgani shudir.

Bedil qolib Demyan Bedniyni suysa,

Qora sochning malla bo’lgani shudir.

 

O’zbek Navoiyni o qimay qo’ysa,

Dod demoqqa palla bo’lgani shudir.

Ma’rifatdan ayru o’ynasa, kulsa,

Aza chog'i yalla bo’lgani shudir.

 

O’zbek Navoiyni o qimay qo’ysa,

Aldangani, alla bo’lgani shudir.

Yulg'ich aziz bo’lib, bilgich xor bo’lsa,

Paytavaning salla bo’lgani shudir.

 

El komil bo’lmasa, yurt emas ulug',

Beqadr mahalla bo’lgani shudir.

Qalb to’la nur xalqning rizqi ham to'lug',

Ombor to’la g'alla bo’lgani shudir.

 

O’zbek o’zligini anglasa bekam,

Uning «Barakalla» bo’lgani shudir.

Olamga Navoiy nasliman degan

Ovozi baralla bo’lgani shudir.

1971-2000


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2017, 15-Fevralda yuklangan

1889 marta ko'rildi

3 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
o'zbek navoiy oltin bosh kalla bedil demyan bedniy qora soch malla palla ma'rifat aza yalla alla yulg'ich bilgich paytava salla el komil yurt ulug' qadr mahalla qalb nur xalq rizq ombor o'zlik nasl
Muallif
Erkin Vohidov

Erkin Vohidov

Hozirgi zamon o’zbek she’riyatining taniqli vakili. Aruz va barmoq vaznlarida yozgan asarlari birdek mashhur. Ijodining asosini lirik turning barcha janrlaridagi she’riyati, dostonlari, dramatik asarlari, I.V.Gyote, S.Yesenin, R.Hamzatov singari jahon adabiyoti namoyandalari she’riyatidan qilgan tarjimalari tashkil etadi.

Batafsil


Yangi She'rlar Erkin Vohidov She'rlari Erkin Vohidov asarlari