Sahifa yuklanmoqda . . .
Audio bu yerda yuklanmadi, iltimos ushbu aloqani bosing
Misoli bir oltin ko’za bu dunyo,
Suvi goho shirin, achchiqdir goho.
Shuncha umrim bor deb kerilma aslo,
Egarloqdir ajal oti doimo.
Ulug’ faylasuf, shoir, munajjim, matematik va tabib bo’lgan G’iyosiddin Abulfath Umar ibn Ibrohim Xayyom Nishopuriy Eronning Nishopur shahrida tug’ilgan. Aniq fanlar sohasida o’z davrining yagonasi bo’lgan olim tomonidan tuzilgan taqvim, manbalarning yakdillik bilan guvohlik berishicha, amaldagi Grigorian kalendaridan ham aniqroq bo’lgan. Uning riyoziyot, ilmi nujum va falsafaga oid bir qancha asarlari bizgacha yetib kelgan.