Sahifa yuklanmoqda . . .


Maysalar, tovonim sizni sog‘inar...

Maysalar, tovonim sizni sog‘inar,
Tog‘lar, viqoringiz qalbimda mangu.
Qaydadir qo‘zichoq bo‘zlar, oh urar,
Qirlarda adashgan sog‘inchimmi u?

Qorlar erib oqdi bu g‘amli fursat.
Bu fursat eridi tog‘larning toshi.
Yurak, rahming kelsin, to‘g‘ri yo‘l ko‘rsat,
Men qanday Boysunga ketay qorishib?

Aka, sochingizga oralabdi oq.
Opa, sarg‘ayibsiz — farzandning dog‘i.
Ona, quchoqlaysiz bunchalar uzoq...
Yig‘layman — sabrimning bor-ku adog‘i.

Yurgan yo‘lim to‘fon bu g‘amli fursat...
Qat’iyat ko‘z yoshday oqqan mahali,
Yurak, rahming kelsin, to‘g‘ri yo‘l ko‘rsat,
Men qanday Boysundan ketay ajralib?


 


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2022, 22-Aprelda yuklangan

242 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
boysun vatan sog'inch yurak ona opa aka tog'lar
Muallif
Usmon Azim

Usmon Azim

O’zbekiston xalq shoiri (2000). ToshDUning jurnalistika fakultetini tugatgan (1972). Ilk kitobi — «Insonni tushunish» (1979). «Holat» (1979), «Oqibat» (1980), «Ko‘zgu» (1983), «Surat parchalari» (1985), «Dars» (1985), «Ikkinchi aprel» (1987), «Baxshiyona» (1989), «G’aroyib ajdarho» (1990), «Uyg‘onish azobi» (1991), «G’ussa» (1994), «Uzun tun» (1994), «Saylanma» (1995), «Kuz» (2001) kabi she’riy va «Jodu» (2003) nasriy to‘plamlari nashr etilgan. Dramalar ham yozgan («Bir qadam yo‘l». 1997; «Alpomishning kaytishi», 1998 va boshqa).

Batafsil


Yangi She'rlar Usmon Azim She'rlari Usmon Azim asarlari