Sahifa yuklanmoqda . . .


Ko‘nglung istar yorlar…

Ko‘nglung istar yorlar birla hamisha shod bo‘l,

Mendin-u kimdinki, ko‘ngling istamas, ozod bo‘l.

 

Garchi sabrim uyi yanglig‘, aylading vayron meni,

Doimo, yo Rabki, husning mulkidek obod bo‘l.

 

Men chekib anduh o‘lay, el joni bo‘lsun ul Masih,

Sovrul, ey charxi nigun, vey dahri dun barbod bo‘l.

 

Bevafolar zulm-u bedodig‘a ermassin harif,

Ey sinuq ko‘nglum, agar xud shisha, gar po‘lod bo‘l.

 

Tuttum o‘lmakdin tirilmak hajrida tengdur manga,

Emdi gar bergil ziloli Xizr, agar jallod bo‘l.

 

Chekma boshkim, emin ermassen xazon yag‘mosidin,

Bu chaman ichra agar savsan, agar shamshod bo‘l.

 

Ey Navoiy, olam ahlig‘a chu yo‘q ermish vafo,

Kel-u mundin nari bekaslik bila mo‘tod bo‘l.


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2017, 15-Iyulda yuklangan

366 marta ko'rildi

2 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
ko’ngul yor sabr uy Rab husn mulk jon Masih charx dahr shisha po’lat vafo Xizr jallod bosh
Muallif
Alisher Navoiy

Alisher Navoiy

(1441-1501) Hazrati Alisher Navoiy ijodi turkiy adabiyotning eng yuksak cho’qqisidir. Chunki hech kim unga qadar bu tilda bunchalik «ko’p va xo’b» (Bobur) yozmagan edi. Aytish mumkinki, undan keyingi salkam olti yuz yil ichida ham hech kim u kabi ko’p va yaxshi yozolgani yo’q. Navoiy barcha turkiy xalqlarning eng buyuk shoiridir. U o’zini «Xitodin to Xuroson»gacha yoyilgan turkiy «qavm»larning shoiri, deb bildi. Ularni bir adabiy til bayrog’i ostida birlashtirdi -«yakqalam» qildi. Buyuk shoir Xurosonda, uning poytaxti Hirotda yashab ijod etdi.

Batafsil


Yangi Yakpora g'azallar Alisher Navoiy Yakpora g'azallari Alisher Navoiy asarlari