Sahifa yuklanmoqda . . .


Jong‘a chun dermen…

Jong‘a chun dermen: «Ne erdi o‘lmakim kayfiyati?»

Derki: «Bois bo‘ldi jism ichra marazning shiddati.

 

Jismdin so‘rsamki: «Bu vaz’ingg‘a ne erdi sabab?»

Der: «Anga bo‘ldi sabab o‘tluq bag‘irning hirqati”.

 

Chun bag‘irdin so‘rdum, aytur: «Andin o‘t tushti manga,–

Kim ko‘ngulga shu’la soldi ishq barqi ofati».

 

Ko‘nglima qilsam g‘azab, ayturki: «Ko‘zdindur gunoh,

Ko‘rmayin ul tushmadi bizga bu ishning tuhmati».

 

Ko‘zga chun dermenki: «Ey tardomani yuzi qaro,

Sendin o‘lmish telba ko‘nglumning balo-yu vahshati».

 

Yig‘lab aytur ko‘zki: «Yo‘q erdi manga ham ixtiyor, -

Ki ko‘rundi nogahon ul sho‘xi mahvash tal’ati».

 

Ey Navoiy, barcha o‘z uzrin dedi, o‘lguncha kuy, -

Kim sanga ishq o‘ti-o‘q ermish azalning qismati.


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2017, 15-Iyulda yuklangan

908 marta ko'rildi

7 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
jon jism bag’ir ko’ngul ko’z ishq uzr kuymoq o’t azal qismat o’lmak
Muallif
Alisher Navoiy

Alisher Navoiy

(1441-1501) Hazrati Alisher Navoiy ijodi turkiy adabiyotning eng yuksak cho’qqisidir. Chunki hech kim unga qadar bu tilda bunchalik «ko’p va xo’b» (Bobur) yozmagan edi. Aytish mumkinki, undan keyingi salkam olti yuz yil ichida ham hech kim u kabi ko’p va yaxshi yozolgani yo’q. Navoiy barcha turkiy xalqlarning eng buyuk shoiridir. U o’zini «Xitodin to Xuroson»gacha yoyilgan turkiy «qavm»larning shoiri, deb bildi. Ularni bir adabiy til bayrog’i ostida birlashtirdi -«yakqalam» qildi. Buyuk shoir Xurosonda, uning poytaxti Hirotda yashab ijod etdi.

Batafsil


Yangi Voqeaband g'azallar Alisher Navoiy Voqeaband g'azallari Alisher Navoiy asarlari