Sahifa yuklanmoqda . . .


Farishta

Men yerga bog‘langan bir bandi edim,

Sahar borib, oqshom qaytardim ishdan.

Sen kelding… Sen, axir, qaylardan kelding?

Ko‘klardan tushdingmi, ma’sum farishtam?

 

Bir xushbo‘y sabolar taraldi birdan –

Yurakni siypalab, erkalaguvchi.

Odamlar odamdan zerikkan yerdan

Insonlar tarafga yetaklaguvchi.

 

Esladim, Olovlar gurlar qo‘ynimda –

Bir buyuk vulqonlar portlaganini.

Keyin sukunatda

Tunda 

Bo‘ynimda

Kiprik kapalakday potraganini.

 

Shu munis turishda

Bu ko‘hna olam

Sevgiga zorligin eslatib turding.

Chaqnoq ko‘zlaringga ko‘zim tushgan dam

Yuragim borligin eslatib turding.

 

Men senga bog‘langan bir bandi, asir,

Sen uchsang, uzilib tushar jon rishtam.

Menga rahming kelsin,

Shafqat qil, axir –

Dunyoning holiga achin, farishtam!

 

2004


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2017, 26-Iyulda yuklangan

161 marta ko'rildi

1 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
yer sahar oqshom ish ko'k farishta
Muallif
Iqbol Mirzo

Iqbol Mirzo

Iqbol Mirzo (Iqboljon Mirzaaliev) 1967 yil, 1 mayda Farg'ona viloyati, Bag'dod tumaniga qarashli Qo'shtegirmon qishlog'ida tug'ilgan. O'zbekiston halq shoiri (2005). «Shuhrat» medali bilan taqdirlangan (1999).

Batafsil


Yangi Chistonlar Iqbol Mirzo Chistonlari Iqbol Mirzo asarlari