Sahifa yuklanmoqda . . .
(Olis xotira)
Kimdir ot yetaklab o'tar azonda,
uzilar ko'chaning sahargi tushi.
to'satdan ot kishnab yuborgan onda
shoshilib eshikni ochdi bir kishi.
Tongda ot yetaklab o'tib borar kim,
qop-qora olovday lovillar yollar.
Kampirlar alanglab quloq soldi jim,
bir seskanib ketdi nuroniy chollar.
1973
Hozirgi zamon o’zbek adabiyotida o’ziga xos iz qoldirgan Shavkat Rahmon O’sh shahrida tavallud topgan. Shavkat Rahmon chinakam otashnafas millatsevar shoir edi. U o‘z kayfiyatlarini tasvir etish bilangina kifoyalanadigan shoirlar sirasidan emasdi. U hamisha millat dardini, xalqining armonlarini ifodalashga intilardi. Chunki u o‘z taqdirini, hayotini millatining hayoti va taqdiridan ayri tasavvur etmasdi. U har bir millatdoshining ko‘ngil mulkiga kirib borishni orzu qilib, shu yo‘lda tinimsiz dard chekib yashagan shoirdir.