Sahifa yuklanmoqda . . .


Devorlari yiqilgan bog‘...

Devorlari yiqilgan bog‘,
Barglaridan ayro bog‘,
Kuz qo‘ynida yolg‘iz turar —
Yaydoq dashtning burjida.
Qanotlari tumanlarga
Ilashib, g‘amnok-g‘amnok
Qushlar kelib qo‘nishadi
Daraxtlarning uchiga.
Yakka bog‘ning bog‘boni, hey,
Kengliklardan toldingmi,
Sha’nu shovqin maskanlarda
Topdingmi biror najot,
Sog‘inchlarda o‘rtangancha
Yo beiloj qoldingmi,
Seni biror tinch qabrga
Tashlab ketdimi hayot?
Devorlari yiqilgan bog‘
Bu dam g‘aribu faqir —
Omon bo‘lsang, tezroq kelgin
Bog‘bon, bog‘ingda xatar...
Bog‘ seningsiz hayotidan
So‘zlayapti nimadir...
Tezroq kelgin,
Bog‘ning tilin
Men bilmayman, birodar...

 


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2022, 24-Mayda yuklangan

536 marta ko'rildi

1 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
devor bog' barg kuz dasht qanot tuman g'am
Muallif
Usmon Azim

Usmon Azim

O’zbekiston xalq shoiri (2000). ToshDUning jurnalistika fakultetini tugatgan (1972). Ilk kitobi — «Insonni tushunish» (1979). «Holat» (1979), «Oqibat» (1980), «Ko‘zgu» (1983), «Surat parchalari» (1985), «Dars» (1985), «Ikkinchi aprel» (1987), «Baxshiyona» (1989), «G’aroyib ajdarho» (1990), «Uyg‘onish azobi» (1991), «G’ussa» (1994), «Uzun tun» (1994), «Saylanma» (1995), «Kuz» (2001) kabi she’riy va «Jodu» (2003) nasriy to‘plamlari nashr etilgan. Dramalar ham yozgan («Bir qadam yo‘l». 1997; «Alpomishning kaytishi», 1998 va boshqa).

Batafsil


Yangi She'rlar Usmon Azim She'rlari Usmon Azim asarlari