Sahifa yuklanmoqda . . .


Dashtda

Bu yerdan oh urib o‘tgan Go‘ro‘g‘li,

Bu yerdan ot surib o‘tgandir Namoz,

Bu yerga qismatning uchta zo‘r o‘g‘li

Piyoz ekyapmiz, piyoz!

 

«Qarg‘ish tekkan yer bu!» – degan Xudoyor.

Faqat oy tunlari chodirin tikkan,

Faqat biz – uch og‘a-ini har bahor

Piyoz ekkanimiz ekkan.

 

Tirik-chilik...

O‘zingizga ma’lum buyog‘i.

Rizqi ro‘z degani – titilgan to‘rva.

Do‘konda falon pul paxta yog‘i...

Piyoz bo‘lsa, qozonda sho‘rva.

 

Bu yerni suv o‘gay singil sanaydi

Shabada yurmaydi – tiladi tikan.

Men akamga, bolam qo‘lga qaraydi...

Piyoz ekkanimiz ekkan.

 

Bu yerdan ot surib o‘tmaydi Namoz...

 

1987


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2017, 14-Sentabrda yuklangan

179 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
namoz piyoz do'kon qozon aka singil paxta
Muallif
Iqbol Mirzo

Iqbol Mirzo

Iqbol Mirzo (Iqboljon Mirzaaliev) 1967 yil, 1 mayda Farg'ona viloyati, Bag'dod tumaniga qarashli Qo'shtegirmon qishlog'ida tug'ilgan. O'zbekiston halq shoiri (2005). «Shuhrat» medali bilan taqdirlangan (1999).

Batafsil


Yangi She'rlar Iqbol Mirzo She'rlari Iqbol Mirzo asarlari