Sahifa yuklanmoqda . . .


Brut

Padarimni Pompey o‘ldirdi.
Ko‘ksimda o‘ch tursa-da muzlab,
Vatanimni suyganim uchun,
Men Pompeyga qilaman xizmat.

Sezar, Vatan o‘ynashing emas,
Sezar, Vatan onadir faqat.
Volidani e’zozlamoq farz,
Ammo xo‘rlash og‘ir qabohat.

Seni oqlash mumkin emas, yo‘q!
Sezar, mudhish gunohing shulkim,
Do‘st-yorlaring el ko‘ziga cho‘g‘
Bosishganda qarab turding jim.

Men — Haqiqat edim — bir chetda,
Titrar edi navqiron tanim.
(— Molu dunyo kerakmas, senga
Xizmat qilmoq kerak, Vatanim!)

Buyuk eding, Sezar, sen buyuk!
Men qarshingdan chiqqanimda dast,
Kutib olding baribir suyib,
Sezding — haqni o‘ldirib bo‘lmas...

Mening esa sirli yengimda
Amrim kutar pokiza xanjar.
Sen senatning ko‘zi o‘ngida.
Zalga kirib kelarsan, Sezar.

Tuyib erkning quchoqlarini,
Sokin o‘tda yonar ko‘zlarim.
Yalang‘ochlab yarog‘larini.
Atrofingni o‘rar do‘stlarim.

Kapitoliy uzra chaqnaydi
Qo‘limdagi po‘lat bu xanjar!
Mard ko‘zlaring meni payqaydi...
Buyuk eding, Sezar, naqadar!—

O‘zing zarbga ko‘ksing tutding jim
Hamda sezding so‘ng bor to‘lgonib,
Haqiqatni yengolmas hech kim —
U baribir keladi g‘olib!


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2022, 22-Aprelda yuklangan

23 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
rim brut pompey sezar toj kapitoliy vatan xanjar
Muallif
Usmon Azim

Usmon Azim

O’zbekiston xalq shoiri (2000). ToshDUning jurnalistika fakultetini tugatgan (1972). Ilk kitobi — «Insonni tushunish» (1979). «Holat» (1979), «Oqibat» (1980), «Ko‘zgu» (1983), «Surat parchalari» (1985), «Dars» (1985), «Ikkinchi aprel» (1987), «Baxshiyona» (1989), «G’aroyib ajdarho» (1990), «Uyg‘onish azobi» (1991), «G’ussa» (1994), «Uzun tun» (1994), «Saylanma» (1995), «Kuz» (2001) kabi she’riy va «Jodu» (2003) nasriy to‘plamlari nashr etilgan. Dramalar ham yozgan («Bir qadam yo‘l». 1997; «Alpomishning kaytishi», 1998 va boshqa).

Batafsil


Yangi She'rlar Usmon Azim She'rlari Usmon Azim asarlari