Sahifa yuklanmoqda . . .


Bo‘linib boryapman ming bir bo‘lakka...

Bo‘linib boryapman ming bir bo‘lakka, Ona, oqibatim adashib ketdi. Bolam, qayerlarda qoldi shafqatim? Sevgilim, labimni yo‘qotib qo‘ydim. Bo‘linib boryapman ming bir bo‘lakka, Dushmanim baxtiyor — qahrim qayerda? Nega buncha pastman — qayerda bo‘yim? Oyog‘imdan qachon ajralib qoldim? Bo‘linib boryapman ming bir bo‘lakka, Xotiram yo‘qlikka qorishib ketdi. Selday oqib ketdi ko‘ksimdan yurak, Faqat xayol toshday qotdi boshimda. Chinoring tagida bo‘linib yotibman — Shunda bir so‘z bargday labimga qo‘nar: "Vatan" deyman, takror aytaman: "Vatan"... Birlasha boshlaydi yurak, aql, tan...


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2022, 12-Mayda yuklangan

59 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
vatan aql yurak tan dunyo vujud ona oqibat
Muallif
Usmon Azim

Usmon Azim

O’zbekiston xalq shoiri (2000). ToshDUning jurnalistika fakultetini tugatgan (1972). Ilk kitobi — «Insonni tushunish» (1979). «Holat» (1979), «Oqibat» (1980), «Ko‘zgu» (1983), «Surat parchalari» (1985), «Dars» (1985), «Ikkinchi aprel» (1987), «Baxshiyona» (1989), «G’aroyib ajdarho» (1990), «Uyg‘onish azobi» (1991), «G’ussa» (1994), «Uzun tun» (1994), «Saylanma» (1995), «Kuz» (2001) kabi she’riy va «Jodu» (2003) nasriy to‘plamlari nashr etilgan. Dramalar ham yozgan («Bir qadam yo‘l». 1997; «Alpomishning kaytishi», 1998 va boshqa).

Batafsil


Yangi She'rlar Usmon Azim She'rlari Usmon Azim asarlari