Sahifa yuklanmoqda . . .


Zohid, sanga — hur-u manga — jonona kerak...

Zohid, sanga — hur-u manga — jonona kerak,

Jannat — sanga bo‘lsun, manga — mayxona kerak.

Mayxona aro soqi-yu paymona kerak,

Paymona necha bo‘lsa to‘la, yona kerak.


Online dars - zoom, google meet orqali


Жахонгир
12/04/2017
Ma'lumot
2017, 02-Yanvarda yuklangan

1122 marta ko'rildi

2 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
zohid hur jonona jannat mayxona soqiy paymona
Muallif
Alisher Navoiy

Alisher Navoiy

(1441-1501) Hazrati Alisher Navoiy ijodi turkiy adabiyotning eng yuksak cho’qqisidir. Chunki hech kim unga qadar bu tilda bunchalik «ko’p va xo’b» (Bobur) yozmagan edi. Aytish mumkinki, undan keyingi salkam olti yuz yil ichida ham hech kim u kabi ko’p va yaxshi yozolgani yo’q. Navoiy barcha turkiy xalqlarning eng buyuk shoiridir. U o’zini «Xitodin to Xuroson»gacha yoyilgan turkiy «qavm»larning shoiri, deb bildi. Ularni bir adabiy til bayrog’i ostida birlashtirdi -«yakqalam» qildi. Buyuk shoir Xurosonda, uning poytaxti Hirotda yashab ijod etdi.

Batafsil


Yangi Taronai ruboiylar Alisher Navoiy Taronai ruboiylari Alisher Navoiy asarlari