Sahifa yuklanmoqda . . .


Zinalar

Shoshilib-shoshilmay oyoq qo‘yamiz, 
Baland binolarga boqib odatda. 
Zinalarni bosib ko‘tarilamiz, 
Hayotda, ilmda, adabiyotda. 

Har tong yo‘limizda uzun zinalar, 
Har kech qadamimiz ostida yana. 
Nafaqat bitondan, toshdan, taxtadan, 
Hattoki odamlar bo‘ladi zina. 

Yuksak-yuksaklarni ko‘zlaydi yurak,  
Faqat yuksaklarda omad bilinar. 
Har vaqt yuqoriga eltmaydi, ba'zan 
Pastga ham kuzatib qo‘yar zinalar. 

Shoshilib-shoshilmay oyoq qo‘yamiz, 
Baland binolarga boqib odatda. 
Zinalarni bosib ko‘tarilamiz, 
Hayotda, ilmda, adabiyotda. 


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2017, 18-Aprelda yuklangan

27 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
zina oyoq bino hayot ilm adabiyot tong kech qadam ost biton tosh taxta odam yuksak yurak omad yuqori past
Muallif
Oygul Asilbek qizi

Oygul Asilbek qizi

O’zbekiston Milliy universiteti falsafa fakulteti bakalavr va magistratura bosqichlarida tahsil olgan. “Ostona” va “Shoir xayollari” she’riy to’plamlari muallifi. Somerset Moem, S.A.Tolstaya, O.Genri, R.Agutagava ijodidan qilgan tarjimalari e’lon qilingan.

Batafsil


Yangi She'rlar Oygul Asilbek qizi She'rlari Oygul Asilbek qizi asarlari