Sahifa yuklanmoqda . . .


Yozuvchi

(hikoya)


Shu kungacha Probxadan sira g'amim yo’q edi. Qaytaga bemor onasining tashvishi ko'proq bo’lardi. Probxaning o'ynab turganini ko'rib, men behad quvonardim, uning ma'sum kulgisidan va chala-chulpa qilib gapirishidan rohat qilib, uni jon deb ovuntirar edim. Biroq qizcha yig'lagan hamon undan qutulishga harakat qilib, darrov onasining qo'liga berardim.
Bolaning butun tashvishi oqibat mening zimmamga tushar deb sira ham o'ylamagan edim. Baxtga qarshi, tez fursatda xotinim o'lib, qizcha butunlay mening qo'limda qoldi. Ona mehridan mahrum bo'lgan bu yetimchaga ikki chandon muhabbat bilan qarashim lozimligini juda yaxshi anglar edim. Ammo bu musibatdan Probxaning qanday xulosa chiqarganini bilmasdim; qizcha bo'lsa, yolg'iz dadamga men qaramasam, kim qaraydi, degan fikrga kelgan ekan.
Olti yoshga borganda, uy-ro'zg'or ishlari tamomila shuning qo’liga o'tdi. Kichkina qizchaning dadasini parvarish qilishga bel bog'lagani yaqqol ko'rinib turardi. Men ko'nglimda undan kulsam ham, izmidan chiqmasdim. Meni uquvsiz, yordamga muhtoj deb o'ylash unga yoqar, binobarin, kiyim yo soyabonimni biror yerga tashlasam, go'yo uning qarashib yuborishi zarurdek, darrov yig'ishtirib joy-joyiga qo'yardi. Axir uning menga o'xshash katta qo'g'irchog'i yo'q edi-da! Shuning uchun otaga ovqat pishirish, kiyintirish, yotganda ustlarini yopib qo'yish unga zo'r quvonch bag'ishlardi. Faqat harf o'rganish va o'qish vaqtidagina, istar-istamas, mening xohishimga bo'ysunar edi.
Qiz hademay balog'atga yetib, uni munosib erga berish vaqti ham keldi. Buning uchun pul kerak, menda esa pul yo'q! Bundan tashqari, men qizimga xat-savod o'rgatdim, endi u biror nodonning qo'liga tushsa nima bo'ladi? Pul topish zarur edi. Hukumat idoralariga ishga kiray desam, juda keksayib qolganman, boshqa ishga rag'batim yo'q, o'ylab-o'ylab yozuvchilik qilishni ma'qul ko'rdim.
Yosh bambuk daraxtidan yasalgan idishga na suv, na yog' solib bo'ladi. U ro'zg'orda foydasiz narsa. Ammo, bordiyu bambukning yosh niholidan nay yasalsa-chi, u yoqimli sado beradi. Men o'z qobiliyatini hech qaysi sohada ko'rsata olmagan baxtsiz kimsa, shubhasiz, kitob yoza oladi, degan qarorga keldim. Binobarin, tortinmay-netmay bir pardalik komediya yozishga kirishdim.
Komediya ko'p kishilarga manzur bo'lib, sahnaga qo'yildi. Bu asar menga shon-shuhrat keltirdi, shu bilan birga, boshimga tashvish ham soldi: endi men boshlagan ishimni oxiriga yetkazolmasman degan xavfda edim., Kunbo'yi qo'rquv va hayajon ichida komediya yozardim.
— Dada, balki ko'chalarga chiqib bir aylanib kelarmiz, — deb iltimos qildi Proxa mayingina jilmayib.
— Bor, nari tur! Hozir menga xalaqit berma! — baqirib berdim men trubka cheka turib. Uning yorishib turgan chehrasi, puflab o'chirilgan shamdek, birpasda so'ndi. Men bo’lsam bekordan-bekorga ozor topgan bu qizning xonadan qanday chiqib ketganini ham sezmay qolibman.
Shu vaqtlarda men cho'ri xotinlarni shafqatsizlik bilan haydar, xizmatkorlarni urar, agar gado kelsa tayoq olib quvar edim. Uyim chorrahada bo'lgani uchun, ba'zi yo'lovchilar derazadan qarab yo'l so'rar, men bo'lsam ularni jerkib, ko'chaning narigi yog'idan yurishga buyurar edim. Mening qiziq komediya yozayotganimni hech kim bilmas, bilishni ham istamas edi.
Mening dramaturgiyaga havasim ham, shon-shuhratim ham tobora ortar, lekin pulimga pul qo'shilmas edi. Darvoqe, men u vaqtda pulni o'ylamasdim ham. Men hatto yaxshi oiladan qizimga kuyov topishim zarurligini ham unutgan edim.
Agar orada boshqa bir hodisa ro'y bermaganda, bu telbalik yana qancha davom etar edi ekan, bilmayman. Jaxirgram qishlog'ining zamindori gazeta nashr etib, meni unga ishtirok etishga taklif qildi. Men rozi bo'ldim va bir necha kun davomida kecha-yu kunduz betinim yozdim. Jaxirgram yonida Axirgram qishlog'i ham bor edi, bu qishloq zamindori mening xo'jayinim a'zo bo'lgan partiyaga emas, boshqa partiyaga mansub ekan. Aytishlariga qaraganda, bir vaqtlar bu qishloqlarning aholisi bir-biri bilan tayoq olib urishgan, oxiri sud ulardan bu noma'qulchilikni takrorlamaslik to'g'risida tilxat olishga majbur bo'lgan. Endilikda xo'jayinim mening qalamimni qotillar, kallakesarlar o'rnida ishlata boshladi. Men Axirgram zamindorlarining ajdodlarini fosh qilib yozgan o'tkir maqolalarim bilan Jaxirgram zamindorlarining sharafini himoya qilardim. Axirgramliklar qattiq sharmanda qilindi. Bu mening ijodiy gullagan chog'im edi. Men semirib ketdim, lablarimda o'ynoqi tabassum paydo bo'ldi. Dushmanlarning tarixini tasvir etish bilan men Axirgram zamindorlariga o'lim zarbasi bergan edim. Jaxirgramliklar maqolalarimni o'qib, ichagi uzilguday bo'lib kulishar edi. Men juda ochilib ketdim.
Biroq Axirgram zamindori ham qarab turmadi. U ham gazeta chiqara boshladi. Unda nimalarni yozmadilar deng! Bu gazeta sodda tilda, ko'tarinki ruh va ehtiros bilan shunday haqoratomuz narsalar bosib chiqardiki, go'yo harflaridan o't chaqnab turardi. Har ikkala qishloq aholisi bu so'zlarning ma'nosini juda yaxshi tushunardi. Men tajribali jurnalist bo'lganimdan, dushmanlarga qarshi yana shunday o'tkir maqolalar yozdimki, uning mohiyatini na do'st tushunardi, na dushman. Natijada men g'olib chiqdim-u, lekin, hamma meni, mag'lub bo'ldi, deb o'ylardi. O'ng'aysiz ahvolda qolib, yaxshi did haqida ilmiy asar yozdim. Bunday qarasam, yomondan ko'ra yaxshi narsadan kulish — uni rad etish osonroq ekan. Maymunlar odamga taqlid qilishadi, lekin odam maymunga taqlid etganda uncha qoyil qilolmaydi. Mening ilmiy asarim qabul qilinmadi.
— Voy, o'lganim yaxshi, nima qilib qo'ydingiz? — deb qichqirib yubordi. Uning kiyimlari qonga bo'yalgan edi. Chxidam darrov uning og'zini yopdi. Dukxiram esankirab qoldi, u belkurakni tashlab, boshini ushlagancha polga o'tirdi; uxlab yotgan bola uyg'onib, qo'rqqanidan yig'lab yubordi.
Bu uyda shuncha hodisa bo'lishiga qaramay, qishloq avvalgidek tippa-tinch edi. Podachi hozirgina podani haydab keldi. Kunbo'yi sholi o'rog'ida yurgan dehqonlar yengil qayiqlarda uylariga qaytardilar; ular boshlarida bir necha bog'dan sholi ko'tarib kelardilar, bu — ularning bir kunlik ish haqlari edi.
Aka-ukalarning qo'shnisi Ramlochon Chokroborti bobo pochtaga xat tashlab kelib, o'z uyi oldida xotirjamgina trubka chekib o'tirardi. Dukxi uning ijarachisi bo'lib, qarzining bir qismini shu kuni to'lashga va'da bergan edi. Birdan cholning esiga shu gap kelib, ehtimol, Dukxi ishdan qaytgandir, deb yelkasiga chadorini tashlab, qo'liga soyabon olib hovlisidan chiqdi.
U qo'shni hovliga nazar solib, seskanib ketdi. Hamma uylarda chiroq o'chirilgan. Qorong'i ayvonda bir necha kishining sharpasi ko'rinardi. Ahyon-ahyonda bo'g'ilib chiqqan yig'i ovozi eshitilardi — bola onasini chaqirib yig'lardi. Chxidam uning og'zini qo'li bilan bekitib turardi.
— Dukxi, uydamisan? — deb so'radi besaranjom Ramlochon.
Dukxi tosh haykalday qotib yotardi. U o'z ismini eshitib, yosh boladek ho'ngrab yubordi.
Chxidam shoshilgancha hovliga chiqib Chokroborti huzuriga bordi.
— Aftidan, xotinlar yana janjallashganga o'xshaydimi? — deb so'radi Ramlochon bobo, — biz uzzukun ularning dod-u faryodini eshitdik...
Chxidam nima qilishini bilmasdi. Biri-biridan bema'niroq fikrlar boshiga kelardi. Nihoyat, qorong'i tushgandan keyin murdani bir joyga ko'mib, shu bilan undan qutulaman, degan fikrga keldi. Bungacha uyga biror kishi kirib kelishini u sira xayoliga keltirmagan edi. Qo'qqisdan kelib qolgan bu odamga Chxidam nima deb javob berishini bilmadi.
— Ha, bukun qattiq janjal bo'libdi, — dedi oxiri. Ramlochon ayvonga chiqishga taraddudlanib:
— Nega Dukxa yig'layapti? — deb so'radi. Chxidam buni yashirish qiyinligini fahmlab:
— Janjal vaqtida mening xotinim Radxani belkurak bilan uribdi.
Bunday paytda hech qanday xavf, faraz etilgandan ko'ra dahshatliroq tuyulmaydi: Chxidam mudhish haqiqat changalidan qutulishnigina o'ylardi. Darhaqiqat, yolg'onning haqiqatdan ko'ra dahshatliroq oqibatini u qayoqdan bilsin? Binobarin, Ramlochonning savolini eshitgan Chxidam o'ylab-netmay og'ziga kelgan so'zni aytdi-qo'ydi.
Ramlochon bu xabardan seskanib:
— Bay, bay bay! Nimalar deyapsan! Har holda o'lmagandir-a? — deb so'radi.
— O'lib qoldi, — dedi Chxidam va Chokrobortining oyog'iga yiqildi.
Ramlochonning qochishga majoli yetmay:
«Ram, ram!— deb yubordi-da, o'ylab qoldi. — Bemaxalda nima qilib, bu hodisaning shohidi bo'ldim!
Endi uzluksiz tergovga chaqirishadi».
Chxidam esa hamon uning oyoqlariga tirmashar edi.
— O, donishmand bobo, — deb yalindi u (Ramlochonn qishloqda eng yaxshi qonunshunos deb hisoblardilar).— Ayting-chi, nima qilsam xotinimni qutqarib qolaman?
— Quloq sol, — bir oz o'ylab davom etdi Chokroborti.—Birgina yo'l bor: hozir politsiyaga borib, ukam Dukxi kechqurun ishdan och kelib, ovqat tayyor emasligini bilgach, xotinini belkurak bilan urdi degin. Shu so'zni aytsang, xotining xalos boladi, bo'ladigan gap shu.
Chxidamning tomoqlari quruqshab ketdi:
Xo'jayinim endi menga ilgarigidek hurmat bilan qaramas, odamlar ham menga ro'yxush bermasdi. Ko'chaga chiqsam, mendan yuz o'girishar, ba'zilar esa meni ko'rgan hamon kula boshlardilar.
Bu orada mening komediyalarimni hamma unutdi. Nazarimda, men odamlarga bir quti gugurtchalikkina kerak ekanman: uni bir lahza yondirishdi-yu ish tugadi. Ruhim tushib, boshim garang bo'lib, mutlaqo ishlamay qoldi. Hayotim zavolga yuz tutdi. Unda hech qanday ma'no qolmadi.
Bu chog'larda Probxa mendan qo'rqib qolgan edi. Chaqirmagunimcha mening oldimga kirishga jur'at qilmasdi. Qiz, yozishdan bo'shamagan otadan ko'ra, mudom yoningda turgan qo'g'irchoq yaxshi, degan fikrga kelib qolgan edi, chamamda.
Oxiri Axirgram gazetasi xo'jayinimni qo'yib menga yopishdi. Menga qarshi yozilgan maqolalar juda ham haqoratomuz edi. Ularning mazmunini do'stlarim, jo'ralarim menga kula-kula so'zlab berardilar. Ba'zilar, gap maqolada emas, gap uning qanday mahorat bilan yozilishida, deb qo'yishardi. Uning ravon uslubiga e'tibor qilinsa, dilozorligi ham yengillashib qolarmish. Shu fikrni yigirma kishi kunbo'yi qulog'imga quyardi.
Uyimning oldida bir bog'cha bo'lib, ba'zan biror narsadan xunobim chiqsa, shu yerda aylanib yurishni yaxshi ko'rardim. Uyalari ustida uchib yurgan qushchalarning chag'ir-chug'uri to'xtab, qosh qorayib, hammayoq tinchiganda men ham ancha hovurimdan tushardim. Qushlar orasida tilidan zahar tomadigan yozuvchilar yo'qligini bilardim, binobarin, ular bilan yaxshi did haqida munozara qilishning hojati ham yo'q. Men haligi zahar olud maqolalarga javob yozish haqidagina o'ylardim. «Olijanoblik va mardlikni hamma ham tushuna bermaydi, — derdim ichimda. — Eng yaxshisi zahar olud til». Men qattiq javob yozishga qaror qildim, mana bunda men sira ham mag'lub bo'lmayman! Shu lahza zulmat ichida yumshoq, tanish ovoz eshitildi va men mayin va issiq qo'lning avaylab tekkanini sezdim. Biroq o'z fikrlarimga shu qadar g'arq bo'lgandimki, unga parvo ham qilmadim. Bir necha daqiqadan so'ng shu mayin ovoz yana meni chaqirdi va yana qo'lning avaylab tekkanini his etdim. Qiz sekingina menga yaqinlashib, arang eshitilar ovoz bilan «Dada!..» dedi. Javob bo'lmaganini ko'rib, mening o'ng qo'limni ushlab astagina peshonasiga olib bordi-da, sekin qaytib uyga ketdi. Probxa ko'pdan buyon mening oldimga kirmas, mabodo kirsa ham, bunday yolvormas edi. Hozir avaylab menga qo'l uzatishi butun vujudimni to'lqinlantirib yubordi.
Birmuncha vaqt o'tgandan so'ng uyga kirsam, qizim karavotda yotibdi. U darmonsiz, ko'zlari yarim yumuq; butun a'zosi guldek so'lgan edi. Peshonasini ushlasam, yonib turibdi, qon tomirlari shishgan, tez-tez nafas oladi. Bildimki, qizim kasalini sezib, shirin so'z, mehr-muhabbat istab otaga murojaat qilgan, u esa bu paytda axirgramliklarga javoban yoziladigan, hech kimga nafi tegmaydigan dilozor maqola haqida bosh qotirib yuribdi.
Men bemor yonida o'tirdim. Probxa so'zsiz, issiq qo'llari bilan mening qo'limni tortib peshonasiga olib bordi-da, jim bo'lib qoldi.
Men Axirgram va Jaxirgram haqidagi hamma maqolalarimni o'tga yoqdim va hech qanday javob yozmadim. Chunki endilikda g'alaba ham menga quvonch keltirmasdi. Probxaning onasi o'lganda men uni o'z qo'limga olgandim. Bugun — Probxaga o'gay ona bo'lib qolgan mening yozuvchilik faoliyatim dafn etilgandan so'ng, yana qizimni qo'limga olib, bag'rimga bosdim va uyimdan chiqib ketdim.

 


Ushbu realistik hikoyani nechta yulduzcha bilan baholaysiz?



Yangi Realistik hikoyalar Robindranat Tagor Realistik hikoyalari Robindranat Tagor asarlari