Sahifa yuklanmoqda . . .


Yashaysan  oshkora, yashaysan pinhon...


Yashaysan  oshkora, yashaysan pinhon, 
Qaysidir burchida ona zaminning. 
Yuragim siqildi ho‘rsinishingdan, 
Uzoqdagi odam – yaqinim mening.
 
Ko‘kka uchayotgan, gumburlayotgan 
Radiaktiv qushlarning xavfi ostida. 
O‘rmonlari yonib, suvlari qurib, 
Keksayib boryotgan yerning ustida. 

Asriy muzliklarning keng yelkasiga
Oftob tig‘larini qattiqroq sanchib. 
Kulrang bulutlarning ko‘langasida 
Qaylardan chekinib, qaylarga qochib.
Yillarni tush ko‘rib kechamiz umr. 

Uzoqdagi odam – yaqinim mening, 
Farzanding yodingga tushdimi shu chog‘. 
Balki qachonlardir qabrga qo‘ygan 
Onang xayolingga keldimi, ey voh. 

Uzoqdagi odam – yaqinim mening, 
Meni ham cho‘chitar hamma-hammasi. 
Mening ham yodimga tushar daf'atan, 
Onajon zaminning og‘ir nafasi. 

Ona, onajonim, yulduzim mening, 
Buncha shoshilasan, buncha jonsarak. 
Seni sevmoqlikka, qayg‘urmoqlikka, 
Balki, ozlik qilar shu bitta yurak. 

Ona, onajonim, yulduzim mening, 
Nahot, umiding yo‘q farzandlaringdan?! 
Axir shiorlarga yozib qo‘ygan-ku 
Inson degan nomni katta harf bilan! 


Ushbu she'rni nechta yulduzcha bilan baholaysiz?


Ma'lumot
2017, 18-Aprelda yuklangan

71 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
hayot burch zamin yurak ho'rsinish odam uzoq yaqin ko'k qush radiaksiya xavf o'rmon suv yer asr muz yelka oftob tig' kul bulut ko'langa yil tush umr farzand yod qabr ona xayol nafas yulduz umid shior inson
Muallif
Oygul Asilbek qizi

Oygul Asilbek qizi

O’zbekiston Milliy universiteti falsafa fakulteti bakalavr va magistratura bosqichlarida tahsil olgan. “Ostona” va “Shoir xayollari” she’riy to’plamlari muallifi. Somerset Moem, S.A.Tolstaya, O.Genri, R.Agutagava ijodidan qilgan tarjimalari e’lon qilingan.

Batafsil


Yangi She'rlar Oygul Asilbek qizi She'rlari Oygul Asilbek qizi asarlari