Sahifa yuklanmoqda . . .


Xazon yafrog'i yanglig'...

Xazon yafrog'i yanglig' gul yuzung hajrida sarg'ardim,

Kо'rub rahm aylagil, ey lola rux, bu chehrayi zardim.

 

Sen, ey gul, qo‘ymading sarkashligingni sarvdek hargiz,

Ayog'ingg'a tushib, bargi xazondek muncha yolbordim.

 

Latofat gulshanida gul kabi sen sabz-u xurram qol,

Men archi dahr bog'idin xazon yaprog'idek bordim.

 

Xazondek qon yoshim sorig' yuzumdin el tanaffurda,

Bahar range, bihamdilloh, ulusdin o‘zni qutqordim.

 

Ne toledur mangakim, axtari baxtim topilmaydur,

Falak avroqini har nechakim daftardin axtardim.

 

Ulusning ta'n-u ta'rifi manga, Bobur, barobardur,

Bu olamda o‘zumni chun yamon-yaxshidin o‘tkardim.


Ushbu yakpora g'azalni nechta yulduzcha bilan baholaysiz?


Ma'lumot
2017, 05-Yanvarda yuklangan

703 marta ko'rildi

1 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
xazon yafrog' gul yuz hajr sarg'armoq rahm lola rux chehra zard sarkash sarv ayog' barg yolbormoq latofat gulshan sabz xurram dahr bog' qon yosh sorig' el tanaffur bahar rang bihamdilloh ulus qutqormoq tole axtar baxt falak avroq daftar ta'n ta'rif b
Muallif
Zahiriddin Muhammad Bobur

Zahiriddin Muhammad Bobur

(1483-1530) Zahiriddin Muhammad Bobur adabiyotimiz tarixidagi takrorlanmas siymolardan biridir. U faqat yirik adib, buyuk tarixchi, ulkan olimgina emas. balki mohir sarkarda va buyuk davlat arbobi ham edi. Uning ijodi mana shu sohalarning barchasi bilan chambarchas bog'liq holda yuzaga keldi.

Batafsil


Yangi Yakpora g'azallar Zahiriddin Muhammad Bobur Yakpora g'azallari Zahiriddin Muhammad Bobur asarlari