Sahifa yuklanmoqda . . .


Uzoqdan turib...

UZOQDAN TURIB...

Ko‘zlari cho‘lpondek nozli sevgilim!

Ko‘zingga bir boqib, men sevdim seni.

Xayoling eslarkan qonaydi dilim,

Yolboray, go‘zalim, unutma meni!

 

Daryolar singari ko‘nglim jo‘shqindi,

Bir tola soching-la bog‘lanib qoldi.

Vaslingga yetganim na go‘zal kundi,

Ayriliq siynamga yong‘inlar soldi.

 

Xayoldek yo‘qoldi yayragan chog‘lar...

Darding-la so‘narkan, qora sho‘x ko‘zim.

Seni erkalaydi dengiz, qirg‘oqlar,

Ko‘zlari cho‘lpondek nozli sevgilim!

1928


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2016, 23-Dekabrda yuklangan

152 marta ko'rildi

1 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
cho'lpon nozli sevgilim ko'z soch xayol dard dil daryo vasl ayriliq
Muallif
Muso Toshmuhammad o'g'li Oybek

Muso Toshmuhammad o'g'li Oybek

Oybek shoir, adib va adabiy harakatning rahbari sifatida XX asr o‘zbek adabiyoti taraqqiyotiga bebaho hissa qo‘shdi. U adabiyotimizni turli janr va shakldagi asarlar bilan boyitibgina qolmay, Cho‘lpon va Abdulla Qodiriylar ijodi tufayli shakllangan adabiy tilimizga yanada sayqal berdi. Eng muhimi, Cho‘lponlar qatag‘on etilgan, hatto ularning buyuk asarlarini o‘qish mumkin bo‘lmagan davrlarda Oybek o‘zining ijodiy izlanishlari va badiiy tajribalari bilan kelgusi adabiy avlodlarga mash’al o‘laroq, badiiy ijodning munavvar yo‘llarini yoritib turdi.

Batafsil


Yangi She'rlar Muso Toshmuhammad o'g'li Oybek She'rlari Muso Toshmuhammad o'g'li Oybek asarlari