Sahifa yuklanmoqda . . .


"Uvaysiyman" radifli g'azal

Mehnat-u alamlarga mubtalo Uvaysiyman,

Qayda dard eli bo‘lsa, oshno Uvaysiyman.

 

Istadim bu olamni, topmadim vafo ahlin,

Barchadin yumub ko‘zni muddao Uvaysiyman,

 

Uz diling taalluqdin, band qil xudo sori,

To degil kecha-kunduz: «Mosivo Uvaysiyman!»

 

Kechalar fig‘onimdin tinmadi kavokiblar,

Arz to samo uzra mojaro Uvaysiyman.

 

To ko‘rib xarobotin ta’na etma, ey zohid,

Bir nafas emas xoli iqtido Uvaysiyman.

 

Faqr borgohiga qo‘ysa gar qadam har kim,

Bosh agar kerak bo‘lsa, jon fido Uvaysiyman.

 

Vaysiy beriyozat deb sahl tutma, ey orif,

Ishq aro nihon dardi bedavo Uvaysiyman.


Online dars - zoom, google meet orqali


Elyor Will
20/04/2017
Hozircha Tafakkurdagi eng mashhur g'azal. gap yo'q.
Ma'lumot
2017, 08-Yanvarda yuklangan

2907 marta ko'rildi

10 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
mehnat alam mubtalo uvaysiy dard oshno olam vafo ahli ko'z muddao dil taalluq xudo kecha kunduz fig'on kavokib arz samo mojaro xarobot ta'na zohid nafas iqtido faqr borgoh qadam bosh jon fido vaysiy orif ishq nihon davo
Muallif
Jahon Otin Uvaysiy

Jahon Otin Uvaysiy

(1789/90-1850) Uvaysiy Qo'qon adabiy muhitining iste'dodli namoyandasi bo'lib, u Marg‘ilonning Childuxtaron mahallasida dunyoga kelgan. Uni Hojixon degan kishiga turmushga berishadi, biroq u Quyoshxon ismli qizi va Muhammadxon ismli o‘g‘li bilan juda yosh beva qoladi. Qadrdon bo‘lganligi uchun Nodira uni Qo‘qonga ko‘chirib olib keladi. Uvaysiy taxminan 65 yoshlarida Marg‘ilonda vafot etadi. Uvaysiy g‘azal, muxammas, musaddas, musamman, masnaviy, ruboiy, tuyuq, chiston, qit’a, mustazod kabi janrlarda ijod qilgan.

Batafsil


Yangi Yakpora g'azallar Jahon Otin Uvaysiy Yakpora g'azallari Jahon Otin Uvaysiy asarlari