Sahifa yuklanmoqda . . .


Turkona xirom ayladi...

Turkona xirom ayladi ul sho’xi diloro,

Dil mulkini bir go’shai chashm ayladi yag’mo.

 

Tufrog’da jon bitsa ravodur, na ajab gul,

Cho’x sarvi sihi etdi nihon ko’zlari shahlo.

 

Har qanda g’ami do’sti dilporani istar,

To subh yaqo yirtmadi, mehr o’lmadi paydo.


Ushbu yakpora g'azalni nechta yulduzcha bilan baholaysiz?


Ma'lumot
2017, 05-Yanvarda yuklangan

400 marta ko'rildi

1 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
turk xirom sho'x diloro dil mulk go'sha chashm yag'mo tufrog' jon ravo ajab gul cho'x sarv sihi nihon ko'z shahlo g'am do'st dilpora subh yaqo mehr paydo
Muallif
Turdi Farog'iy

Turdi Farog'iy

(taxminan 1640-1699/1700) Shoir XVII asrda Buxoro xonligida yashagan. Murakkab hayot yo’lini bosib o’tgan. Undan bizgacha hammasi bo’lib o’n sakkiz she’r yetib kelgan. Hajmi - 434 misra. She’rlarning o’n ikkitasi -g’azal, beshtasi -muxammas, bittasi -fard. She’rlardan ikkitasi fors tilida, qolganlari o’zbekcha yozilgan. Turdi Farog'iyning she’rlarini mavzu yo’nalishiga ko’ra ishqiy-falsafiy va ijtimoiy-siyosiy kabi ikki guruhga bo’lish mumkin.

Batafsil


Yangi Yakpora g'azallar Turdi Farog'iy Yakpora g'azallari Turdi Farog'iy asarlari