Sahifa yuklanmoqda . . .


"Suv" radifli g'azal

Ochg‘ali otlandi to sultoni Jam iqbol suv,

Bu sharafdin borcha mazra bo‘ldi molomol suv.

 

Tez keldi deb taajjub qilmangiz har yilg‘idin,

Shohi odil qorshusig‘a qildi istiqbol suv.

 

Ochg‘och — o‘q jori bo‘lub keldi qanotlig‘ qush kibi,

Kaf bila amvojdin go‘yo chiqordi bol suv.

 

Zo‘rlarning taxtasin suv zuri o‘tdi sindurub,

El barobar ichdi beda’vov-u bejanjol suv.

 

Uyla amvoj-u talotum birla jori bo‘ldikim,

Yoflarni qildi daryo, solmalarni kol suv.

 

To‘ldurub olam ziroatgohini ondin o‘tub,

Dusht-u sahrolarni qildi, o‘ylakim g‘arbol suv.

 

Suvni keltirmoqg‘a sa’y etmak base lozimdurur,

Bo‘lmasa taqvi-yu toat topmas isti’mol suv.

 

Shohlar otlansa doyim yurti obodon bo‘lur,

Bor dalil ushbu so‘zimg‘a qilsang istidlol suv.

 

Iltifoti bahridin bir qatra Komil ichmadi,

Ochg‘oli otlandi to sultoni Jam iqbol suv.


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2017, 11-Yanvarda yuklangan

487 marta ko'rildi

2 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
sulton jam iqbol suv sharaf taajjub shoh odil istiqbol o'q qush bol zo'r taxta el janjal daryo olam ziroat dasht sahro taqvo toat yurt obod dalil iltifot bahr qatra komil
Muallif
Muhammadniyoz Komil Xorazmiy

Muhammadniyoz Komil Xorazmiy

(1825-1899) Yangi o‘zbek adabiyotini ko‘p asrlik an’analarga ega mumtoz adabiyot bilan bog‘lab turadigan eng yorqin adabiy shaxsiyatlardan biri shoir Komildir. Serqirra iste’dod egasi Muhammadniyoz Komil milliy madaniyatimiz tarixida nafaqat shoir, balki yirik siyosiy arbob, taniqli musiqashunos, mohir tarjimon, yetuk xattot sifatida chuqur iz qoldirgan.

Batafsil


Yangi Voqeaband g'azallar Muhammadniyoz Komil Xorazmiy Voqeaband g'azallari Muhammadniyoz Komil Xorazmiy asarlari