Sahifa yuklanmoqda . . .


Siz…

Mudom yorug‘ bo‘lsin darchalaringiz!

Menga ko‘chib o‘tsin barcha dardingiz!

Men sizni avaylab charchamadim hech,

Siz ko‘nglim og‘ritib charchamadingiz.

 

Goho yomon qarab, goh qaramasdan,

Goho yolg‘on kulib, goh kulib rostdan,

Goho erkalanmay, erkalamasdan,

Siz ko‘nglim og‘ritib charchamadingiz.

 

Kimning qo‘lini sal uzoq tutdingiz,

Qaygadir ketdingiz, shoshib ketdingiz.

Yonimdan ko‘rmagan bo‘lib o‘tdingiz,

Siz ko‘nglim og‘ritib charchamadingiz.

 

Yosh bola emasdim, ko‘pni ko‘rgandim,

Hammaning ustidan kulib yurgandim.

Lek sizga boladek qattiq o‘rgandim…

Siz ko‘nglim og‘ritib charchamadingiz.

 

Xohlasang olasan, agar shoh bersa,

Qayoqqa borasan, tangri – haq bersa.

Nima ham der edim, sizga zavq bersa…

Siz ko‘nglim og‘ritib charchamadingiz.

 

2004


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2017, 26-Iyulda yuklangan

114 marta ko'rildi

1 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
yorug' darcha dard ko'ngil yomon yolg'on rost
Muallif
Iqbol Mirzo

Iqbol Mirzo

Iqbol Mirzo (Iqboljon Mirzaaliev) 1967 yil, 1 mayda Farg'ona viloyati, Bag'dod tumaniga qarashli Qo'shtegirmon qishlog'ida tug'ilgan. O'zbekiston halq shoiri (2005). «Shuhrat» medali bilan taqdirlangan (1999).

Batafsil


Yangi Chistonlar Iqbol Mirzo Chistonlari Iqbol Mirzo asarlari