Sahifa yuklanmoqda . . .


Shamchirog‘im, o‘chib qolma, shamol-ey...

Shamchirog‘im, o‘chib qolma, shamol-ey!
Tong otmasdan o‘chsang qanday yomon-ey!
Tun qo‘ynida qoldirma sen hech kimni,
Nur ko‘rmasa, kaminang ham tamom-ey!
Shamchirog‘im, o‘chib qolma, shamol-ey!

Men shamolni to‘say deyman, tinmas u,
Bir balodir, aldovga ham ko‘nmas u.
O‘zi o‘tdir, o‘zi suvdir omonsiz,
Lekin sening yallig‘ingdan yonmas u,
Men shamolni to‘say deyman, tinmas u.

Shamchirog‘im,o‘chirmasman seni men,
Baxt qushimsan, qochirmasman seni men,
Sen o‘chguncha o‘zim o‘chgum shamolda,
Agar o‘chsang, kechirmasman seni men,
Shamchirog‘im, o‘chirmasman seni men!..

1976


Ushbu she'rni nechta yulduzcha bilan baholaysiz?


Ma'lumot
17-Martda yuklangan

117 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
shamchirog' shamol tong tun nur kamina
Muallif
Amirqul Po'lkan

Amirqul Po'lkan

Amirqul Po‘lkan kamtar, kamso‘z, lekin ishonchli do‘stlari davrasida dilkash, tafakkuri teran shoir edi. U bilan do‘stona munosabatlarimiz bor edi. U „Sharq Yulduzi“ining she’riyat bo‘limida, men esa yozuvchilar uyushmasida she’riyat bo‘yicha adabiy maslahatchi bo‘lib ishlardim. Uning she’rlari quyma shaklda, misralari me’yoriga etkazilgan bo‘lar, quruq maqtovni yoqtirmas, tez qizarib ketguvchi edi (Shoir Yodgor Obid xotiralaridan).

Batafsil


Yangi She'rlar Amirqul Po'lkan She'rlari Amirqul Po'lkan asarlari