Sahifa yuklanmoqda . . .


Sen g‘urubning oltin qo‘llaridasen...

Sen g‘urubning oltin qo‘llaridasen,

Tabassuming quyosh, so‘nar ohista.

Dala va qirlardan tiniqlik uchar,

Suvlar oynasiga shom qora surkar,

Xayolning men sokin cho‘llaridamen.

 

Quyosh, oltining cho‘kkanday cho‘kar sevinchim,

Sinadi ichimda umidning tosi,

Qalbimni yirtadi uning sadosi,

Yupatmas na xayol, sevgi ro‘yosi,

Yuramen, oqshomga singadi izim.

1936


Ushbu she'rni nechta yulduzcha bilan baholaysiz?


Ma'lumot
2016, 23-Dekabrda yuklangan

636 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
quyosh cho'l oltin qo'l tabassum dala qir suv oyna shom oqshom xayol sevgi
Muallif
Muso Toshmuhammad o'g'li Oybek

Muso Toshmuhammad o'g'li Oybek

Oybek shoir, adib va adabiy harakatning rahbari sifatida XX asr o‘zbek adabiyoti taraqqiyotiga bebaho hissa qo‘shdi. U adabiyotimizni turli janr va shakldagi asarlar bilan boyitibgina qolmay, Cho‘lpon va Abdulla Qodiriylar ijodi tufayli shakllangan adabiy tilimizga yanada sayqal berdi. Eng muhimi, Cho‘lponlar qatag‘on etilgan, hatto ularning buyuk asarlarini o‘qish mumkin bo‘lmagan davrlarda Oybek o‘zining ijodiy izlanishlari va badiiy tajribalari bilan kelgusi adabiy avlodlarga mash’al o‘laroq, badiiy ijodning munavvar yo‘llarini yoritib turdi.

Batafsil


Yangi She'rlar Muso Toshmuhammad o'g'li Oybek She'rlari Muso Toshmuhammad o'g'li Oybek asarlari