Sahifa yuklanmoqda . . .


San o‘zing do‘stijonim...

San o‘zing do‘stijonim,

Ham o‘zing qasdi jonim.

Senga g‘am tutsa, sinsin

Dunyoning dasti, jonim.

 

Qachon jabr yetkazding,

Oncha sabr yetkazdi.

Jannatlardan ko‘rindi,

Bo‘yingni basti, jonim.

 

Ko‘zlaringda o‘lmasam,

So‘zlaring deb o‘lmasam.

Bo‘larmidir ko‘zlaring,

Ko‘zimning masti, jonim.

 

Chorlamading, kelmadim,

Hech bilmadim, bilmadim,

Poylaringda bul qadrim,

Xazonmi, xasmi, jonim.

 

Derlar: chin ishq nuramas,

Oshiq qadr so‘ramas.

Lek beqadr dunyongda

Dilni g‘am bosdi, jonim.

 

Ne g‘amlarni ko‘rdim-ku,

Alamlarni ko‘rdim-ku,

Chikora endi dunning,

Baland-u pasti, jonim.

 

Qonlaringda oqmasam,

Jonlaringni yoqmasam,

Dunyolarni yoqarman,

Gapimning rosti, jonim.

 

San o‘zing do‘stijonim,

Ham o‘zing qasdi jonim.

Senga g‘am tutsa, sinsin

Dunyoning dasti, jonim.


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2017, 05-Aprelda yuklangan

41 marta ko'rildi

1 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
do'st muhabbat sevgi ishq qasd jon g'am dunyo dast jabr sabr jannat bo'y bast ko'z so'z mast qadr xazon xas oshiq dil alam baland past qon gap rost
Muallif
Guljamol Asqarova

Guljamol Asqarova

Guljamol Asqarova 1978-yil 5-mart kuni Samarqand viloyati, Kattaqo’rg’on tumani, Beshdarg’at qishlog’ida tug’ilgan. O’zbekiston Milliy Universitetining jurnalistika fakultetini tamomlagan. O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasining a’zosi, 2001 yilda Zulfiya nomidagi Davlat mukofotining adabiyot yo’nalishi sohibasi. "Dil fasli", "Ro’shnolik", "Bedor qo’ng’iroq","Baxt dastxati" nomli she’riy kitoblari nashr etilgan.

Batafsil


Yangi She'rlar Guljamol Asqarova She'rlari Guljamol Asqarova asarlari