Sahifa yuklanmoqda . . .
Raxshi himmat men tutub mahkam yolin,
Yor izidin yet, karam qil, deb yolin,
Yo‘q-u borimni yoqib kul ayladi,
Ishq o‘tidin ko’kka chirmoshg’on yolin.
(1778-1829) Shermuhammad Amir Avazmuhammad o‘g‘li MunisXorazmiy Xiva yaqinidagi Qiyot qishlog’ida dunyoga kelgan. U madaniyatimiz tarixida shoir, tarixchi, tarjimon, xattot va ma’rifatparvar shaxs sifatida nom qoldirgan. Xiva xoni Shermuhammadni saroyga farmonnavis kotib qilib tayinlaydi. Munis butun ongli faoliyati davomida ilm-fan, madaniyat va san’at kishilariga homiylik qiladi.