Sahifa yuklanmoqda . . .


ONAJON

"BU SHE'RIM ONASI XATO QILIB BOLALIK CHOG'LARIDA TASHLAB KETILGAN NORASIDA GO'DAKLARGA ATAB."

Men sizni kutaman yillar o'tsa ham,
Umidim uzmayman kelmasangiz ham,
Kutaman intizor ko'zlarimda nam,
Onajon aybingiz bo'lsamda hatto,
Sizni kutar edim tunlari tanho.

Sizni kechirardim onajonginam,
Tog'lardagi alvon lolajonginam,
Siz dunyodagi jonajonginam,
Sizdan topolmadim birgina ma'no,
Sizni kutar edim tunlari tanho.

O'zgalar mehriga qoniqolmadim,
Vujudim titroqin yupatolmadim,
Tashlab ketganingiz tushunolmadim,
Onajon aybingiz bo'lsamda hatto,
Sizni kutar edim tunlari tanho.

Mehribon bo'lolmas o'zgalar sizdek,
Qalblari sovuq qahraton muzdek,
Meni xo'rladilar xazondek kuzdek.
Onajon aybingiz bo'lsamda hatto,
Sizni kutar edim tunlari tanho.


Ushbu she'rni nechta yulduzcha bilan baholaysiz?


Ma'lumot
15-Martda yuklangan

124 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
yil umid ko'z onajon ayb tun tanho
Muallif
Feruz Kamol

Feruz Kamol

Feruz Kamol 1993-yil 3-mayda Buhoro viloyatining Shofirkon tumanida tug'ilgan. Ijodkorning ma'lumoti o'rta. Hozirda yosh shoirning bir nechta she'rlarini e'tiboringizga havola etamiz. Yosh ijodkorga esa o'z ustida yanada ishlashni tilab qolamiz.

Batafsil


Yangi She'rlar Feruz Kamol She'rlari Feruz Kamol asarlari