Sahifa yuklanmoqda . . .


O‘lum uyqusig'a borib jahondin bo‘ldum osuda...

O‘lum uyqusig'a borib jahondin bo‘ldum osuda,

Meni istasangiz, ey do‘stlar, ko‘rgaysiz uyquda.

 

Nekim taqdir bo‘lsa, ul bo‘lur tahqiq bilgaysiz,

Erur jang-u jadal, ranj-u riyozat barcha behuda.

 

O‘zungni shod tutqil, g'am yema dunyo uchun zinhor,

Ki, bir dam g'am yemakka arzimas dunyoyi farsuda.

 

Zamona ahli ichra, ey ko‘ngul, oyo topilg'aymu,

Seningdek dard paymo-vu meningdek dard paymuda.

 

Ulusdin tinmadim umrimda hargiz lahzaye, Bobur,

Magar o‘lsam bu olam ahlidin bo‘lg'aymen osuda.


Ushbu yakpora g'azalni nechta yulduzcha bilan baholaysiz?


Ma'lumot
12-Sentabrda yuklangan

47 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
o’lim uyqu jahon do’st taqdir jang ranj riyozat g’am dunyo zamon ko’ngul dard olam ulus
Muallif
Zahiriddin Muhammad Bobur

Zahiriddin Muhammad Bobur

(1483-1530) Zahiriddin Muhammad Bobur adabiyotimiz tarixidagi takrorlanmas siymolardan biridir. U faqat yirik adib, buyuk tarixchi, ulkan olimgina emas. balki mohir sarkarda va buyuk davlat arbobi ham edi. Uning ijodi mana shu sohalarning barchasi bilan chambarchas bog'liq holda yuzaga keldi.

Batafsil


Yangi Yakpora g'azallar Zahiriddin Muhammad Bobur Yakpora g'azallari Zahiriddin Muhammad Bobur asarlari