Sahifa yuklanmoqda . . .


Oliyjanob shoh va ojiz qul hikoyati

(Oyog‘i toyib ketib, kosadagi oshni shohning kosadek boshiga to‘kib yuborgan va oliyjanob shoh oldida o‘z oshini pishirgan bir qul hikoyasi)

          Saxiy bir podshoh bor edi. Saxiyligidan xalqi uni hurmat qilar edi. Uning bir quli bor edi, xizmat darajasi bakovullik edi.

Kunlardan bir kuni uning bazmida ovqat vaqtida, podshohning ham ishtahasi yaxshi bo‘lib turganda, falokat bosib, falokat uning oyog‘iga tosh urdi: issiq oshni podshohning boshiga to‘kib yubordi! Odamlar: “Podshoh endi uni o‘ldiradi. Gunohiga loyiq jazo shudir!” deyishdi. Shoh esa qulning xafaligini ko‘rib, kechirdi ham ozod qilib yubordi. Vazir dedi:

- Ey saxiylikda beg‘araz shoh, unga tig‘dan boshqa narsa loyiq emas edi-ku?

Shoh esa zavq qilib, lutf bilan dedi:

- Xijolat o‘zi uni o‘ldirib bo‘ldi. Hech kim o‘lgan o‘likni boshqatdan o‘ldirmagan; boshiga esa jazo tig‘in tortmagan. Xalq ichida kim eng gunohkor bo‘lsa, o‘sha afv va inoyatga eng ko‘p sazovordir.

Yo Alloh, shunday saxiy shohlarning yuz mingi eshiging yo‘lagining tuprog‘idirlar. Mening gunohim har qancha ko‘p bo‘lganda ham, shukrki, sendek mening Robbim bor. Xijolat torta berib, jonim qolmadi. Menga ehson qilsang o‘rinlidir. Men garchi lutf-u karamingga loyiq bo‘lmasam ham, lekin ulardan butunlay noumid ham emasman. Menga sendan ehson so‘rashni kim qo‘yibdi? ehsoning bir dengiz bo‘lsa, uning bir qatrasi menga yetarli. Shukrki, ehsoning madadkor bo‘lib, daftarim o‘zining oxirgi varaqlarini ham topdi. Aslida yaxshilarning hayratlanganini ko‘rib, nomini «Hayrat ul-abror» deb qo‘ydim. Yozilish tarixining ma'nosi chiroyli bo‘lib, u sakkiz yuz sakson sakkizinchi yil edi[1]. Kim o‘qisa yoki ko‘chirib yozsa, duo bilan ruhimni shod qilsa, Tangri ishini murod-maqsadiga olib borib, ruhini jannatda shod etsin!

Endi, Navoiy, shukrona mayini ich; qancha to‘la bo‘lsa, hammasini ich!

Ey soqiy, qadahni olib kel! Yo‘q, xato qildim, to‘la xumi bilan keltir! Uni men ko‘p-ko‘p olib, shimiray, ko‘p-ko‘p ichib, bir dam o‘zimni unutay.  

 


[1] Milodiy 1483-yilga to‘g‘ri keladi.

 


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2017, 23-Noyabrda yuklangan

287 marta ko'rildi

11 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Muallif
Alisher Navoiy

Alisher Navoiy

(1441-1501) Hazrati Alisher Navoiy ijodi turkiy adabiyotning eng yuksak cho’qqisidir. Chunki hech kim unga qadar bu tilda bunchalik «ko’p va xo’b» (Bobur) yozmagan edi. Aytish mumkinki, undan keyingi salkam olti yuz yil ichida ham hech kim u kabi ko’p va yaxshi yozolgani yo’q. Navoiy barcha turkiy xalqlarning eng buyuk shoiridir. U o’zini «Xitodin to Xuroson»gacha yoyilgan turkiy «qavm»larning shoiri, deb bildi. Ularni bir adabiy til bayrog’i ostida birlashtirdi -«yakqalam» qildi. Buyuk shoir Xurosonda, uning poytaxti Hirotda yashab ijod etdi.

Batafsil


Yangi Hikoyatlar Alisher Navoiy Hikoyatlari Alisher Navoiy asarlari