Sahifa yuklanmoqda . . .


Ohkim, devona ko’nglum, mubtalo bo’ldi yana...

Ohkim, devona ko’nglum, mubtalo bo’ldi yana,

Bu ko’ngilning ilkidin jong’a, balo bo’ldi yana.

 

Do’sttin oyirdi bu charxi jafogustar yana,

Ey darig’o, hojati dushman ravo bo’ldi yana.

 

Necha bo’lsun, soqiyo, oxir g’ubori xotirim,

Tut mayi sofiyki, hangomi safo bo’ldi yana.

 

Xushdurur oyo pari paykar bila gulkashtkim

Bo’ston-u bog’i Eramtek, dilkusho bo’ldi yana.

 

Oh evindin qo’ymas erdin chiqqali, ey shum raqib,

Shukrlillah, borikim, yuzung qaro bo’ldi yana.

 

Chini zulfindin dam urmog’liq ne nisbat, ey abir,

Bu kinoyat bori sendin, bas, xato bo’ldi yana.

 

Shod bo’lg’il, ey Gadokim, mavsumi navro’zidin,

Gulbuni ummid bobarg-u navo bo’ldi yana.


Ushbu parokanda g'azalni nechta yulduzcha bilan baholaysiz?


Ma'lumot
02-Yanvarda yuklangan

85 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
devona ko'ngil ilk jon balo do'st charx jafo hojat dushman soqiy g'ubor xotir may hangom safo pari paykar gul bo'ston bog' eram dilkusho shum raqib yuz qaro shukr chin zulf dam abir kinoyat xato shod gado mavsum navro'z gulbun ummid bobarg navo
Muallif
Gadoiy

Gadoiy

Gadoiyning nomi hozircha ma’lum emas. Bu adib haqidagi tarixiy-adabiy ma’lumotlar ham oz. Alisher Navoiyning «Majolis un-nafois» hamda «Mahbub ul-qulub» asarlarida Gadoiy haqida ayrim qaydlar uchraydi. Faxri Hirotiyning «Radoyif ul-ash’or» nomli tazkirasida Gadoiyning fors-tojik tilida yaratilgan g’azali mavjud. Bu holat adibning ikki tilda ijod etgani zullisonayn shoir bo’lgani haqida ma’lumot beradi. Bu bilan u «Muhabbatnoma» muallifi Xorazmiy an’analarini davom ettirgandir. Alisher Navoiy Gadoiy ijodiga yuqori baho beradi. Uni turkigo’y adiblar orasida alohida hurmat va e’tiborga sazovorligini uqtiradi.

Batafsil


Yangi Parokanda g'azallar Gadoiy Parokanda g'azallari Gadoiy asarlari