Sahifa yuklanmoqda . . .


Ohista-ohista yog‘adi yomg‘ir...

Ohista-ohista yog‘adi yomg‘ir,
Ohista-ohista qo‘zg‘alar shamol.
Ohista-ohista to‘kar yumshoq nur
Bulutlar bag‘ridan ko‘ringan hilol.

Ohista-ohista yig‘laydi bir qiz,
Kaptar patidan ham mayin dardlari...
Tun tirik... Yaxshilab tinglab ko‘rsangiz,
Eshitilar uning yurak zarblari...

Ne nafis tug‘yonlar ichida qoldik!
Sevgilim, gapirma, o‘ltirgan tinib —
Go‘yo dunyo go‘dak qalbidan nozik,
Go‘yo entiksang ham ketadi sinib...


Ushbu she'rni nechta yulduzcha bilan baholaysiz?


Ma'lumot
2017, 11-Aprelda yuklangan

162 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
yomg'ir shamol nur bulut hilol yig'i qiz kaptar pat dard tun yurak zarb tug'yon sevgi gap dunyo go'dak qalb
Muallif
Usmon Azim

Usmon Azim

O’zbekiston xalq shoiri (2000). ToshDUning jurnalistika fakultetini tugatgan (1972). Ilk kitobi — «Insonni tushunish» (1979). «Holat» (1979), «Oqibat» (1980), «Ko‘zgu» (1983), «Surat parchalari» (1985), «Dars» (1985), «Ikkinchi aprel» (1987), «Baxshiyona» (1989), «G’aroyib ajdarho» (1990), «Uyg‘onish azobi» (1991), «G’ussa» (1994), «Uzun tun» (1994), «Saylanma» (1995), «Kuz» (2001) kabi she’riy va «Jodu» (2003) nasriy to‘plamlari nashr etilgan. Dramalar ham yozgan («Bir qadam yo‘l». 1997; «Alpomishning kaytishi», 1998 va boshqa).

Batafsil


Yangi She'rlar Usmon Azim She'rlari Usmon Azim asarlari