Sahifa yuklanmoqda . . .

Mirtemir Hayoti va Ijodi

Mirtemir

shoir
tarjimon
muharrir
adabiy maslahatchi
shaxsiy kotib

28 May 1910, Turkiston, Iqon qishlog'i da tavallud topgan

1468 marta ko'rildi


Mirtemir asarlari:

Barcha asarlari

She'rlari

Mirtemir Tursunov 1910- yilda, o’zi yozganidek, Qoratog’ etaklarida - Turkiston shahrining Iqon qishlog’ida tug’ilgan. Awal bobosi qo’lida, keyin eski maktabda tahsil olgan. So’ng Toshkentga kelib, «Almaiy» nomidagi bolalar namuna ish maktabida tarbiya ko’radi. Samarqanddagi O’zbekiston Davlat pedagogika akademiyasida o’qiy-di. O’qishni bitirib maktablarda muallimlik qiladi, nashriyotlarda, Yozuvchilar uyushmasida ishlaydi.

Shoirning birinchi she’ri «Tanburim ovozi» 1926- yili, 16 yoshida eTon qilinadi. 1928- yili uning «Shu’lalar qo’ynida» nomli ilk she’riy to’plami nashr etiladi. Keyin «Zafar», «Qaynashlar», «Tong» to’plamlari dunyo yuzini ko’radi.

 

30- yillardaujudako’p vaqtini tarjimalargabag’ishlaydi. A. S. Push­kin, M. Y. Lermontov, N. A. Nekrasov, T. G. Shevchenko she’rlarini, dostonlarini o’zbekchaga o’giradi. Umuman tarjima sohasida Mirtemir nihoyatda barakali ijod qilgan. Antik dunyo shoiri Homer, shuningdek, Shota Rustaveli, Henrix Heyne, Tagor, Maxtumquli, Berdaq, Nozim Hikmat she’riy asarlari, «Manas» qirg’iz xalq eposi, «Qirq qiz» qoraqalpoq xalq dostoni Mirtemir zahmatlari tufayli o’zbek o’quv-chisiga yetib kelgan.

Shoir umri davomida o’nlab she’rlar va dostonlar to’plamlarini chop ettirdi. «Bong», «Poytaxt», «O’ch», «Surat», «Qoraqalpoq daf-tari», «Tingla, hayot!», «Izlaganim», «Tog’day tayanchim», «Yod-gorlik» kabilar ularning ichida eng mashhurlaridir. Bu to’plamlarning mundarijasiga qarasangiz, inson hayotining barcha pallalaridagi kechmishlar, tuyg’ular, taassurot va xotiralar jamuljam bo’lganini ko’rasiz. Chunki Mirtemir xoh yirik doston yozsin, xoh sahna asarlari yoki katta-katta asarlarni tarjima qilsin, bundan qat’i nazar, biron kun ham she’r yozishni tark etmagan. Ko’nglidan kechgan barcha tuyg’ulari she’rga ko’chgan.

 

U gohida O’zbekistonimizning paxtazor dalalarini kezib, mehnatkash dehqonlar bilan tanishib, barchaning bunyodkorlik bilan yashayotganidan ta’sirlanib, zavqqa to’lib shun-day satrlar bitadi:

Shavkatim, faxrim mening, Dengiz-u nahrim mening, Yuragim, bag’rim mening -Paxtakor Respublikam.

Shoirni to’lqinlantirgan tuyg’ular mo’l. U goh tarix sahifalarini varaqlab, ota-bobolarining ulug’vor ishlaridan hayratga tushadi. Gohi bu hayratlari o’z zamonasining mard, tanti insonlari bilan muloqot-lardan she’rlargako’chadi.

Shoirning ijodidagi bosh mavzu nima deb so’ralsa, yurtga, tabiatga oshiqlik, bolalik xotiralariga sadoqat, o’z xalqidan faxrlanish, uni chin dildan sevish va ardoqlash deb aytish mumkin. Mirtemir she’rlarida bu mavzular ko’pincha birikib, omuxtalashib keladi. Bir she’rning o’zida ham tabiat go’zalligi, ham xotiralar, ham iftixor tuyg’usi va yana hayotga muhabbat kabi tushunchalarning ifodalanishini ко’rish mumkin.

 

Shoir umrining oxirida «Yodgorlik» deb nomlangan she’riy to’plam tayyorladi. Va unga so’nggi yillardagi eng sara she’rlarini jamlab, o’zidan keyingi avlodlariga ma’naviy tuhfa qilib qoldirdi.

Mirtemir 1978- yil 24- yanvarda 68 yoshida vafot etdi.

Shoirning avlodlarga qoldirgan ijodiy merosi ardoqlanib, to’rt jild-lik «Asarlar»i nashr etildi.

Mustaqillik yillari Mirtemirning xalqimiz ma’naviyatini yuksal-tirishdagi ulkan xizmatlari taqdirlanib, «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni berildi.

Tafakkur Tafakkur asarlari

Barcha taklif va mulohazalaringizni quyidagi elektron manzilga yuboshiringiz mumkin: